USMONOV QAMARIDDIN USMONOVICH
Tarix fanlari doktori, professor
O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan Yoshlar murabbiysi
Qamariddin Usmonov 1952-1956 yillarda Jizzax pedagogika Texnikumida, 1956-1961 yillarda Samarqand Davlat Unversiteti tarix fakultetida tahsil olib, 1969 yilda nomzodlik, 1990 yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1991 yilda professor ilmiy unvoni berilgan.
1968-1993 yillarda Toshkent Xalq Xo`jaligi Institutida assistent, katta o`qituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri bo`lib ishladi. 1993-1996 yillarda O`zbekiston Milliy Unversiteti qoshidagi Oliy pedagogika institutida “O`zbekiston tarixi” kafedra mudiri va ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosori bo`lib ishladi. 1997 yildan hozirgi kungacha Toshkent Moliya Instituti “O`zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri bo`lib ishlamoqda.
1998-2000 yillarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi “Yangi tarix markazi” da o`rindosh sifatida bo`lim boshlig’i vazifasida ishlaydi.
Qamariddin Usmonov “Istiqlol odimlari”, “O`zbekiston mustaqil taraqqiyot yo`lida”, “Asrlarga teng yillar”, “O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi”, “O`zbekistonda parlament taraqqiyotining yangi bosqichi”, “O`zbekiston: 15 bunyodkorlik yillari”, “Intilganga tole’ yor” kabi o`ndan ortiq monografiya va risolalar, yuzdan ilmiy maqolalar muallifidir.
Qamariddin Usmonov umumiy o`rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, Oliy o`quv yurtlari uchun darslik yaratish sohasida faol qatnashmoqda. U “Tarixdan hikoyalar” (5-sinf), “O`zbekiston tarixi. V-XV asrlar” (7-sinf), “O`zbekiston tarixi. XVI-XIX asrining birinchi yarmi” (8-sinf), “O`zbekiston tarixi. 1917-1991 yillar” (ak.litsey va KHK), “O`zbekiston tarixi. Milliy istiqlol davri” (ak.litsey va KHK), “O`zbekiston tarixi” (Oliy o`quv yurtlari) darsliklarining va boshqa o`quv qo`llanmalarining hammuallafidir.
Qamariddin Usmonov ilmiy rahbarligida olti kishi doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlagan. Ixtisoslashgan Ilmiy Kengash a’zosi sifatida ilmiy salohiyatli kadrlar tayyorlash ishlariga ko`maklashmoqda. Qamariddin Usmonov ilmiy-pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy sohadagi fidokorona xizmatlari uchun “Oliy ta’lim a’lochisi”, “Oliy va o`rta maxsus ta’lim fidoyisi” nishonlari, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan “Yoshlar murabbiysi” fahriy unvoni bilan taqdirlangan.
Professor Q.Usmonov ilmiy rahbarligida t.f.n, dotsent A.Mingnorov, S.Burhonova katta o`qituvchilar S.To`laganova, A.Xolbekov, F.Adilov, assistent A.Muxammadiev doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari ustida ishlamoqda. Kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan 2002-2008 yillar davomida “O`zbekiston tarixi” umumiy fandan o`rta ta’lim maktablari 3 ta, akademik litsey va kasb-hunar kolleji uchun 2 ta, Oliy o`quv yurtlari uchun 1 ta darslik yaratildi va ko`p nusxada nashr etildi. Shuningdek, 10 dan ortiq monografiya va risolalar tayyorlandi va chop etildi. Kafedra tarixiy manbalarni o`rganish va o`quv jarayonida foydalanish bo`yicha ilmiy-nazorat seminar faoliyati yuritmoqda. Professor. M. Sodiqov mazkur seminar ishiga rahbarlik qilmoqda.
Kafedra tarixi
1991 yilda Toshkent Moliya Instituti tashkil etilgach, uning tarkibida “Tarix” kafedrasi tashkit etilgan. 1991-1996 yillarda kafedra mudiri lavozimida ishlagan. Kafedra tarkibi 8 nafar professor-o’qituvchidan iborat bo’lgan. 1997 yilda “Tarix” kafedrasi nomi o’zgarib, “O’zbekiston tarixi” kafedrasi sifatida qayta tashkil etiladi, va 1997 yildan hozirgi kungacha kafedraga t.f.d., prof. Qamariddin Usmonov rahbarlik qilmoqda. Bugungi kunda kafedra 15 nafar professor-o’qituvchi ishlamoqda. Ulardan: 3 nafari professor, 2 nafari asissent-o’qituvchi, 7 nafari kafedra xodimlari fan nomzodi va doktori ilmiy darajasiga ega. Kafedra Toshkent Moliya Institutida barcha bakalavr yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga “O’zbekiston tarixi”, “Madaniyatshunoslik”, “Ma’naviyat asoslari” fanlaridan o’quv mashg’ulotlari o’tishni ta’minlamoqda. Kafedraning o’quv-uslubiy ishlari bo’yicha t.f.n., dotsent F.Ziyaev mas’ul. Kafedraning ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha t.f.n., dotsent B.E.Karimov mas’ul.
Kafedra yutuqlari
Kafedra ilmiy darajali kadrlar tayyorlashga e’tibor berib kelmoqda. Tarix fanlar doktori professor Q.Usmonov ilmiy rahbarligida tarix ixtisosligi bo’yicha 7 nafar fan doktorlari va fan nomzodlari tayyorlandi.
Kafedra a’zolari professor Q.Usmonov va prof. M.Sodiqovlar “Temuriylar tarixi Davlat muzeyi” xodimlari bilan birgalikda davlat granti ajratilgan 5 tomlik «O’zbekiston tarixi xrestomatiyasi» kitobini (5-tomni tayyorlashga mas’ul) yaratishda qatnashmoqda. Professor Q.Usmonov O’zMU qoshida tashkil etilgan «O’zbekiston tarixi» fani bo’yicha Ixtisoslashgan Kengash a’zosi sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Mazkur Ixtisoslashgan Kengash tavsiyasiga binoan kafedra ilmiy-tadqiqotchilar tomonidan tayyorlangan dissertatsiyalarga etakchi tashkilot sifatida kafedra yig’ilishida muxokama qilinmoqda, rasmiy opponent sifatida kafedra professor-o’qituvchilari qatnashmoqda.
Professor Q.Usmonov 1991 yildan - hozirgi kunga qadar O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligining Respublika ta’lim markazi qoshidagi “O’zbekiston tarixi va Jahon tarixi” fanlari bo’yicha Ilmiy-uslubiy Kengash raisi va a’zosi sifatida umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun darsliklar va o’qituvchilar uchun uslubiy qo’llanmalar tayyorlashda faol qatnashib kelmoqda.
T.f.d., prof Q.Usmonov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 23 avgustdagi farmoni bilan “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan Yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.
Kafedra professor-o'qituvchilari tarkibi
Kafedrada bugungi kunda jami 12 ta professor-o'qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda, ulardan 2 ta professor, 4 ta fan nomzodi va dotsentlar, 5 ta katta o'qituvchi, o'qituvchilar 1 tani tashkil etadi.
Asosiy shtatdagi professor-o'qituvchilar:
- Usmonov Qamariddin Usmonovich T.f.d., prof.
- Sodiqov Mahmud Sodiqovich T.f.n., prof.
- Karimov Basridin Ergashevich T.f.n., dots.
- Ziyaev Farxod Sobirovich T.f.n., dots.
- Burxonova Sabo To'lanovna dots.
- Mingnorov Abduxoliq Toshmirzaevich T.f.n. dots.
- Tulyaganova Sevar Omanovna K. o'q.
- Bozorov Zoxidjon Kushmatovich K.o'q.
- Vedman Viktoriya Anatoliyevna K.o'q.
- Adilov Farxod Abduvalievich K.o'q.
- Xolbekov Abdujamol Xolbekovich K.o'q.
- Maxammadiev Abror Toshkentovich O'qituvchi
Kafedrada o’qitiladigan fanlar
Kafedrada yo’nalishidan kelib chiqqan holda quyilagi fanlar o’qitiladi:
- O’zbekiston tarixi;
- Ma’naviyat asoslari;
- Madaniyatshunoslik;
O’quv – uslubiy ishlar va adabiyotlar
Kafedra professor-o’qituvchilari oliy o’quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun tarix fanidan darslik tayyorlashda qatnashib kelmoqda va quyidagi darsliklar nashr etildi:
- Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonova. “O’zbekiston tarixi”. Oliy o’quv yurtlari barcha bakalavr yo’nalishlari uchun (tarix yo’nalishidan tashqari) darslik. T.: “Iqtisod-moliya”, 2006, 520 b.
- Q.Usmonov va M.Sodiqov. “O’zbekiston tarixi. (1917-1991 yillar)” akademik litsey va kasb-hunar kollejlari birinchi bosqich o’quvchilari uchun darslik. T.: “Sharq”, 2002, 2004, 2007 y, 255 b. Mazkur darslik rus tiliga tarjima qilinib nashr etilib kelmoqda.
- Q.Usmonov “O’zbekiston tarixi. Milliy istiqlol davri” akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ikkinchi bosqich o’quvchilari uchun darslik. T.: “O’qituvchi”, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007 y, 325 b. Mazkur darslik rus tiliga tarjima qilinib nashr etilib kelmoqda.
- Usmonov Q. va boshqalar. “Tarixdan hikoyalar”. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5- sinfi o’quvchilari uchun darslik. T.: “Cho’lpon”, 2003, 2005, 2007 y, 176 b.
- Usmonov Q, Muxammadjonov A. “O’zbekiston tarixi”. IV-XVI asr boshlari. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 7 – sinfi o’quvchilari uchun darslik. T.: “O’zbekiston Respublikasi Milliy Entsiklopediyasi”, 2005 y, 160 b.
- Usmonov Q va boshqalar. “O’zbekiston tarixi. XVI-XIX asrning 1- yarmi”. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 8 – sinfi o’quvchilari uchun darslik. T.: “O’qituvchi”, 2006 y, 160 b.
O’quv qo’llanmalar:
- Usmonov Q va boshqalar. “Yangi O’zbekistonning 7 zafarli yili”. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti bo’yicha o’quv qo’llanma. T.: “Sharq”, 1999 y, 220 b.
- Usmonov Q va boshqalar. “Asrlarga teng yillar” o’quv qo’llanma. T.: “O’AJBNT”, 2001 y.
- Usmonov Q, Sodiqov M, Oblomurodov M. “O’zbekiston tarixi” oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanma. T.: “Meros”, 2002 y, 14 b.t.
- Usmonov Q, Sodiqov M, Karimov B, Bozorov Z, Adilov F, To’laganova S, Burxonova S. “Madanyatshunoslik” o’quv qo’llanma. T.: “Iqtisod-moliya”, 2008 y, 168 b.
Nashr etilgan monografiya va risolalar:
- Usmonov Q va boshqalar. “O’zbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob. Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida”. T.: “Sharq”, 2000 y, 31 b.t.
- Usmonov Q va boshqalar. “Mustaqillik O’zbekistonga nima berdi”. T.: “Sharq”, 2000, 2001 y, 6 b.t.
- Usmonov Q va boshqalar. “Uzbekistan po puti nezavisimogo razvitiya”. T.: “MinVUZ”. 2002 y, 2,5 b.t.
- Usmonov Q. “O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi”. T.: “Moliya”, 2003 y, 5 b.t.
- Usmonov Q. “O’zbekistonda parlament taraqqiyotining yangi bosqichi”. T.: “G’afur G’ulom”. 2004 y, 2,52 b.t.
- Usmonov Q va boshqalar “Oq yo’l”. T.: “G’afur G’ulom”. 2004 y, 2,0 b.t.
- Usmonov Q, Burxonova S. “O’zbekiston: 15 bunyodkorlik yillari”. T.: “Moliya-iqtisod”, 2006 y, 8 b.t.
Ilmiy konferentsiyalar, seminarlar va treninglar:
Kafedraning professor-o'qituvchilari quyidagi ilmiy konferentsiya va seminarlarda qatnashdilar:
- Noyabrda "Men - kelajagi buyuk davlatning fuqarosiman" mavzusiga bag'ishlangan institut ilmiy konferentsiyasida kafedra a'zolari faol qatnashdilar.
- Noyabrda oyida TMI bazasida Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligiga bag'ishlab "Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligiga: yangicha talqin va zamonaviy yondashuvlar" mavzusida respublika ilmiy-nazariy konferentsiyasi o'tkazildi (Q. Usmonov, M. Sodiqov va boshqalar).
- Dekabr oyida Toshkent shahar oliy o'quv yurtlariaro "Jamiyat hayotini modernizatsiyalash sharoitida siyosat, qonun va demokratiya birligi" mavzusidagi ilmiy-nazariy anjuman bo'lib o'tdi (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining professorlari, O'zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti kafedra mudirlari, Toshkent shahar oliy o'quv yurtlari ijtimoiy kafedra mudirlari va kafedraning barcha prof.-o'qituvchilari ishtirok etdilar).
- 2007 yil 17 may kuni "O'zbekiston 15 yil mustaqil taraqqiyot yo'lida: erishilgan yutuqlar va muammolar" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi. Konferentsiyada kafedra professor-o'qituvchilar hamda boshqa OO'Yu olimlari va professor o'qituvchilari o'zlarining tezis materiallari bilan faol ishtrok etdilar.
- Talabalar uyida va fakultetlarda ijtimoiy kafedra sifatida haftaliklar: "2008 yil - Yoshlar yili", "Diniy ekstremizmga qarshi kurashda yoshlarni ma'naviyatini oshirish", "Amir Temur - buyuk davlat arbobi, mashhur sarkarda" mavzusida olib borildi. Tadbirlar talabalarga milliy istiqlol g'oyasini singdirish, tariximizning buyuk shaxslari to'g'risida etarli ma'lumotlar berib borish maqsadi ko'zda tutilgan.
Kafedraning ilmiy istiqboli
"O'zbekiston tarixi" kafedrasi kelajakda Tarix instituti, O'zMU, TDIU ning tarix kafedralari bilan ijodiy aloqalarni davom ettirish va hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy maqolalar to'plamlarini chiqarish, ilmiy-amaliy konferentsiyalarni o'tkazishni rejalashtirmoqda. Jumladan;
" Kafedra prof. Q.Usmonov rahbarligida dots. B.Karimov tomonidan doktorlik dissertatsiyasi hamda katta o'qituvchi S.To'laganova va A.Xolbekovning nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlanmoqda.
" 2007-2008 o'quv yilida "O'zbekiston tarixi" fanidan prof Q.Usmonov, A.Xolbekov, V.Topchiy tomonidan Oliy o'quv yurti talabalari uchun ruscha o'quv darsligi tayyorlanmoqda. Jumladan, t.f.d. prof. Q.Usmonov tomonidan "Jizzax tarixi", t.f.n.prof. M.Sodiqov tomonidan "Oltiariq tarixi" monografiyalari chop etilishi ham ko'zda tutilgan.
" 2008 yilda institut miqiyosida "Barkamol avlodni shakllantirishda Vatan tarixining o'rni" mavzusida TMI ilmiy konferentsiyasini o'tkazish rejalashtirilmoqda. |