O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i: Baymuratov Tursunbay Maxkambaevich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
1958 yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. 1980 yilda Samarqand Davlat universitetini, 1996 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. 2004 yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Shu kunga qadar 2 ta o’quv qo’llanma, 1 ta monografiya 100 dan ortiq ilmiy maqolalar (shu jumladan, 10 tasi chet ellarda) chop etgan.
T.Baymuratov Rossiya hukumati huzuridagi Moliya akademiyasi (Rossiya), Nyu-York davlat universiteti (AQSh) va boshqa xorijiy ta’lim muassaslarida malakasini oshirgan.
I. Boshqarmaning umumiy qoidalari
O’quv-uslubiy boshqarma (keyingi o’rinlarda matnda «Boshqarma» deb yuritiladi) institut tuzilishidagi o’quv va uslubiy ishlarini amalga oshiruvchi asosiy tarmoq hisoblanadi.
Boshqarma O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni hamda Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida belgilangan vazifalarning samarali shakllardagi ijrosini, shuningdek, har tomonlama etuk yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda ta’limni o’quv-metodik jihatdan uzviyligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
Boshqarma o’quv-metodik ishlari bo’yicha prorektor yoki bevosita rektorga bo’ysinadi.
Mazkur boshqarma o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va yo’riqnomalari, institut rektorining buyruqlari, o’quv-metodik ishlari bo’yicha prorektorning ko’rsatmalari hamda ushbu Nizom asosida olib boradi.
II. Boshqarmaning asosiy faoliyati va vazifalari
2.1. Boshqarmaning asosiy faoliyati institutdagi o’quv va uslubiy jarayonini samarali tashkil etilishini ta’minlashga qaratilgan.
2.2. Boshqarmaning vazifalari:
2.2.1. Institutda o’quv jarayoni samarali tashkil etilishi ta’minlash;
2.2.2. O’quv jarayonini tashkil etish bo’yicha me’yoriy hujjatlarni o’rganish va hayotga tatbiq etish;
2.2.3. O’quv jarayonining tashkiliy masalalarini hal etish;
2.2.4. Institut kafedralarida yo’nalishlar va mutaxassisliklarida o’qitiladigan fanlar bo’yicha o’quv yuklamalarini umumlashtirish hamda bajarilishini nazorat qilish;
2.2.5. O’quv yili va semestrlar bo’yicha ishchi o’quv rejalarining bajarilishini o’rganib borish;
2.2.6. O’quv jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan o’quv-metodik izlanishlar olib borish;
2.2.7. Professor-o’qituvchilar, talabalar va xodimlarning o’quv jarayoni bilan bog’liq barcha buyruqlarini shakllantirish;
2.2.8. O’quv rejasidagi fanlarning o’quv adabiyotlari bilan ta’minlanganligini o’rganish;
2.2.9. O’quv jarayoni yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlovchi axborot-pedagogik texnologiya va metodlarni keng joriy qilib borish va ilg’or tajribalarni ommalashtirish;
2.2.10. Malakaviy amaliyotni tashkil etishga ko’maklashish;
2.2.11. Institutda o’qitiladigan fanlarning uslubiy ta’minoti samarali tashkil etilishi yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularning kafedralarda to’liq va sifatli bajarilishini ta’minlash;
2.2.12. O’quvjarayoniniuslubiyjihatdantakomillashtirish bo’yichame’yoriyhujjatlarnio’rganishvahayotgatatbiqetish;
2.2.13. O’quvjarayonininguslubiy-tashkiliymasalalarinihaletishyuzasidantavsiyalarishlabchiqishhamdaularniamalgaoshirish;
2.2.14. Institutkafedralaridao’qitiladiganfanlarbo’yichao’quv-uslubiy ta’minotningholatinio’rganibborishhamdabelgilanganmuddatlardaularningmuhokamasinitayyorlash;
2.2.15. Amaldagi ishchi o’quv rejalariga kiritilgan yangi fanlarni o’qitishning uslubiy ta’minotini tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va ularning kafedralarda holatini o’rganib borish;
2.2.16. O’quv jarayonini uslubiy jihatdan takomillashtirish yuzasidan metodik izlanishlar olib borish va ularni amalga oshirishga qaratilgan ilmiy seminarlarni tashkil etish;
2.2.17. Institut bo’linmalari (kafedralar va fakultetlar) darajasida uslubiy ishlar bilan bog’liq barcha buyruqlarini shakllantirish;
2.2.18. O’quv rejasidagi fanlarning kafedralar darajasidagi uslubiy ta’minotini aniqlash va ular bo’yicha institut saytida ma’lumotlar bazasini yaratish;
2.2.19. Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarida fanlarni o’qitish axborot-pedagogik texnologiyalari va metodlari keng joriy etilishining holatini o’rganib borish va bu borada orttirilgan ilg’or tajribalarni ommalashtirish;
2.2.20. Talabalarning mustaqil ishlarini samarali tashkil etish uslubiyotini ishlab chiqish va ularning tegishli kafedralarda sifatli amalga oshirishiga ko’maklashish;
2.2.21. O’quv jarayoni bo’yicha bo’linmalarning hisobotlarini umumlashtirish.
III. Boshqarmaning huquqlari
Nizomda ko’rsatilgan vazifalarni bajarish uchun belgilangan shtatlar birligiga ko’ra, xodimlarni ishga qabul qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish hamda o’quv-metodik ishlari bo’yicha prorektorga taqdim etish;
Boshqarmaning ish rejasini tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlanishi hamda samarali ijro etilishini ta’minlash;
Boshqarmaning faoliyatida yuqori natijalarga erishgan xodimlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish yuzasidan takliflarni taqdim etish;
Boshqarma xodimilarining ta’til grafiklarini ishlab chiqish;
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida qayd etilgan boshqa huquq va vakolatlardan foydalanish.
IV. Boshqarmaning majburiyatlari
Institutda tayyorlanadigan yo’nalish va mutaxassisliklar bo’yicha ishchi o’quv rejalarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlash;
Institut fakultet va magistraturasi talabalarining dars jadvallarini tuzish, tasdiqlanishi hamda amal qilinishini o’rganib borish;
Institut kafedralari hamda professor-o’qituvchilarining yillik o’quv yuklamalarini hisoblab chiqish, unga asoslanib shtatlar birligini shakllantirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Institutda ta’lim jarayonini tashkil etish grafigini tayyorlash hamda unga amal qilinishini ta’minlash;
Institutda o’qitiladigan fanlar bo’yicha ishchi o’quv dasturlarining yangilanishi hamda nashr etilishini o’rganib borish;
Institutda tayyorlanadigan yo’nalish va mutaxassisliklarda o’qitiladigan fanlar bo’yicha uslubiy ta’minotni o’rganish yuzasidan reja ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlanishini hamda uning to’liq samarali bajarilishini ta’minlash;
Institut fakultetlari va magistraturasi talabalarining o’quv-uslubiy ta’minotini o’rganib borish, tegishli hollarda o’quv ishlari bo’yicha prorektorga yozma ravishdagi axborotlarni taqdim etish;
Institut kafedralarida rejalashtirilgan uslubiy ishlarning bajarilishini nazorat qilish, ularning natijalarini belgilangan muddatlarda institut ilmiy Kengashi muhokamasiga tayyorlash;
Institutda o’qitiladigan fanlarning uslubiy ta’minoti yangilanishini o’rganib borish;
Institutda o’quv jarayoniga va fanlarning uslubiy ta’minotiga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
Boshqarma faoliyatini ta’limga oid me’yoriy-huquqiy qoidalar asosida olib borish.
Boshqarma faoliyati yuzasidan hisobotlarni belgilangan muddat va shakllarda institut ilmiy Kengashi muhokamasiga taqdim etish.
Boshqarma faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida tegishli hujjatlarning belgilangan tartibdagi yig’ma jildlarini yuritish;
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’rsatilgan boshqa majburiyatlarni bajarish. |