.aspx) .aspx) .aspx)
.aspx) .aspx)
Toshkent Moliya institutiga 1931 yil asos solingan edi. U 1962 yil Xalq xo‘jaligi institutiga aylantirilgan. 1991 yil Xalq xo‘jaligi institutining moliya-iqtisod va hisob-iqtisod fakultetlari negizida Toshkent Moliya instituti tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-381-sonli Qarori va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2006 yil 23 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona ta’minotini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-381-sonli Qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida” 135-1-sonli buyrug‘i va institut Rektorining 2007 yil 31 yanvardagi Institutda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona ta’minotini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-381-sonli Qarorini, Vazirlikning 23 iyun 2006 yil 135-1 va 29 dekabr 2006 yil №295 sonli Buyruqlari ijrosini ta’minlash haqida” 9-sonli buyrug‘i asosida institutimizda Axborot-resurs markazi (ARM) tashkil qilindi. ARM to‘la ta’mirdan chiqarilgan, lokal issiqlik ta’minotiga ega, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda yangi mebellar bilan jihozlangan binoga ko‘chirib o‘tkazildi. ARM yangi binosining maydoni- 1030 m2 ni tashkil etadi. Bugungi kunda ARMning 597222 mingdan ziyod kitob jamg‘armasi bor. Axborot-resurs markazining 12200 nafar a’zosi bo‘lib, shundan 8439 nafari talabalar, 3269 tasi boshqa kitobxonlardir. Axborot-resurs markazida talabalarning mustaqil bilim olishlari uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Bosh bino o‘quv zalidagi jami o‘rindiqlar soni 203 tani tashkil etadi. ARMning o‘quv zalida 18 ta zamonaviy kompyuter o‘rnatilgan va Internet tarmog‘i ulangan.
Asosiy o‘quv zali zamonaviy mebellar bilan jihozlangan, maydoni – 701 m2 , o‘rindiqlari soni 110 tani tashkil qiladi. Barcha fakultetlarda ARM o‘quv zallari tashkil etilgan. Barcha kafedralar ichki tarmoqqa ulangani uchun elektron katalogdan, IRBIS dan foydalanish imkoniyati mavjud. ARM fondi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi matbuot nashri bo‘yicha markaz (TsPIUL), institut qoshida tashkil etilgan bosmaxonada chop etilgan o‘quv-adabiyotlar, Rossiyada va boshqa nashriyotlardan keltirilgan adabiyot hisobiga boyitmoqda. Yil davomida ARM fondi 15-20 mingdan ziyod adabiyotlar bilan boyitiladi.
Hozirda professor-o‘qituvchilar uchun yangi ta’mirdan chiqarilgan, yangi mebellar bilan jihozlangan zal mavjud. Zal maydoni – 35.6 m2 , o‘rindiqlar soni – 22 ta. O‘quv zalida kitobxonlar davriy nashrlardan foydalanishlari mumkin. Professor-o‘qituvchilarga va talabalarga bibliografik ma’lumotlar va davriy nashrlar kartotekasidan foydalanishda ARM xodimlari yordam berishadi.
Shuningdek, institutga qarashli Talabalar turar joylarining barchasida ham o‘quv zallari mavjud. Ular o‘quv adabiyotlari va davriy nashrlar bilan ta’minlangan.
Institut bosmaxonasidan chop etilgan o‘quv adabiyotlari alohida 2 ta zalda mavjud bo‘lib, talabalarga tarqatiladi, shuningdek, bu adabiyotlardan o‘quv zalida ham foydalanish mumkin. O‘quv zalining maydoni - 76,18 m2 , o‘rindiqlari soni 18 ta. Zal ta’mirlanib, yangi mebellar bilan jihozlangan.
ARMda xalqaro adabiyotlar o‘quv bo‘limi mavjud. Maydoni - 73,7 m2 , o‘rindiqlari soni – 22 ta. Bu zalda chet eldan keltirilgan adabiyotlar bilan talabalar foydalanishlari mumkin. Talabalarga barcha qulayliklar yaratilgan.
Toshkent Moliya instituti ta’lim yo‘nalishiga oid respublikada va xorijda chop etilgan jurnallarga jami 95 nomda 140 nusxaga, gazetalarga 97 nomda 236 nusxaga obuna tashkil etildi.
ARMda Respublikamiz yirik kutubxonalari fondi bilan tanishish mumkin. ARM “IRBIS” programmasi asosida ishlaydi. Talabalar uchun elektron katalog va elektron kutubxona yaratilgan. Kitobxon 2008 yildan boshlab, elektron katalog bazasiga kiritilgan adabiyotlarning anotatsiyasi bilan ham tanishishi mumkin. Toshkent Moliya instituti Axborot-resurs markazi o‘z fondlariga kelib tushayotgan adabiyotlar to‘g‘risidagi bibliografik ma’lumotlarni 2002 yildan boshlab IRBIS tizimining elektron katalog bazasiga kiritmoqda. Bugungi kunda elektron katalog bazasidagi yozuvlar soni 6083 tadan oshib ketdi. IRBIS programmasi ARMda mavjud bo‘lgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarni aniqlashda yordam beradi. IRBIS programmasi adabiyotlarni bibliografik izohini: fanlar nomi, muallif bo‘yicha, kitob sarlavxasi bo‘yicha, nashriyot bo‘yicha va qidiruv so‘zlar bo‘yicha ma’lumot yig‘ishga imkoniyat beradi.
ARMda quyidagi elektron resurslar mavjud:
- CD diskdan iborat media kutubxona ( 70 ta CD disk)
- 400 ta elektron kitob.
- Institut saytida 792 ta elektron kitoblar joylashtirildi
- IRBIS elektron katalogda 6083 ta bibliografik izoh bor.
Axborot-resurs markazida tashkil etilgan “Mediateka” burchagiga institut kafedralari tomonidan o‘qitiladigan har bir fan bo‘yicha o‘quv qo‘llanma va darsliklarning elektron varianti joylashtirilgan.
Axborot-resurs markazi o‘quv zalidagi kompyuterlarda talabalarning huquqiy ta’lim, tarbiya va targ‘ibot ishlarini takomillashtirish maqsadida tarmoq orqali «Norma» axborot-huquqiy tizimi o‘rnatilgan. Shuningdek, ARMda kerakli materiallardan nusxa olishlari, skaner yordamida materiallarning elektron variantlarini yaratishlari hamda zarur bo‘lgan hollarda muqovalashlari mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar muhayyo qilingan.
Kredit-iqtisod fakulteti o‘quv zalining maydoni – 164,15 m2 , o‘rindiqlari soni - 45 tani tashkil etadi.
Moliya –iqtisod fakultetida 2 ta o‘quv zali bo‘lib, 60 ta o‘rindiqqa ega: 1 – o‘quv zalining umumiy maydoni – 68.15 m2 , 2 – o‘quv zalining umumiy maydoni – 48.88 m2 .
Soliq - sug‘urta ishi fakultetida 36 o‘rinlik, maydoni – 64.38 m2 , Hisob-iqtisod fakultetida 24 o‘rinlik, maydoni – 102.34 m2 , Umumiqtisod fakultetida 45 ta o‘rinlik, maydoni – 44.1 m2 o‘quv zallari tashkil qilingan. Fakultetlardagi o‘quv zallarni kompyuterlashtirish hamda yagona tarmoq qilish rejalashtirilgan.
Toshkent Moliya instituti Axborot-resurs markazi nizomi 2007 yilning 28 fevralida institut rektori tomonidan tasdiqlangan.
28.10.09 yilda O‘zbekiston Milliy universitetida Toshkent shahridagi 29 ta Oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi Axborot-resurs markazi mutaxassisi” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bunda TMI ARMdan Axrarova Sh. ishtirok etib 63 ball bilan 4 – o‘rinni egalladi va faxriy yorliq bilan taqdirlandi
02.12.09 yilda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Axborot kutubxona muassasalari ishining samaradorligini oshirish borasidagi dolzarb masalalar” mavzusi bo‘yicha o‘quv seminarida ARM direktori ishtirok etdi. Seminarda bir qancha masalalar ko‘rib chiqildi. Kutubxona ishini samaradorligi oshirish borasida kasaba uyushma tashkilotlarining ko‘maklashuvi, kutubxonalar faoliyati va ular ishi sifatining ko‘rsatkichlari: “xalqaro tajriba to‘g‘risida, “Karmat” dasturi. Taqdimot marosimi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi metodik –bibliografik qo‘llanmalarining taqdimoti, ARM mudirlari va mutaxassislarining o‘zaro tajriba almashuv bo‘yicha fikr-mulohazalari, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
2010 yil Prezidentimiz I. A. Karimov tomonidan “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan talaba-yoshlarga zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarning elektron variantlari, Internet tizimidan foydalanish, yangi adabiyotlar ko‘rgazmalarini , “barkamol avlod” burchagini tashkil etish ARM ish rejasiga kiritildi.
ARMning jami 32 ta xodimi bo‘lib, shulardan 8 tasi oliy ma’lumotli, oliy maxsus ma’lumotlilari 3 ta, 24 tasi o‘rta maxsus ma’lumotlilardir.
Axborot-resurs markazining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
- axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashish;
- milliy ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan baxramand bo‘lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratish;
- axborotlarga bo‘lgan talablarga muvofiq va ARM ma’lumotlar qidirish tizimi orqali o‘quv adabiyotlari fondlaridan keng foydalangan holda yangi axborot texnologiyalari (elektron bazalari, Internet resurslari) asosida aholiga zarur darajada axborot xizmati ko‘rsatish.
ARMning kelajakdagi rejalari:
- ARM xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish, axborot jarayonlarini kompyuterlashtirish asosida xizmatning sifatini oshirish;
- Rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, tahlil qilish va sohani rivojlantirish borasida ilmiy tadqiqotlar olib borish.
Axborot-resurs markazining ish vaqti 8:00 dan 18:00 gacha tanaffussiz.
Aloqa ko‘rsatkichlari:
Toshkent shahri, Kichik xalqa yo‘li 7 –uy.
ARM direktori: Shermatova Feruza Tulkunovna?
Telefon: 2357795
Elektron pochta manzili library@tfi.uz |