Usmon Ulfatovich Sharifhodjaev
1986 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 2003 yilda Toshkent Moliya instituti Moliya-iqtisod fakultetiga "Moliya" yo'nalishiga o'qishga qabul qilindi. 2007 yilda imtiyozli diplom bilan Bakalavr akademik darajasiga sazovor bo'lib, shu institutning magistraturasiga "Halqaro moliya" mutaxassisligiga o'qishga qabul qilindi. 2009 yilda imtiyozli diplom bilan Magistr akademik darajasiga sazovor bo'ldi va institutning “Moliya” kafedrasiga assistent lavozimiga qabul qilindi. 2009 yildan “Moliya” kafedrasining mustaqil tadqiqotchisiga aylandi. 2010 yildan boshlab kafedradagi faoliyati bilan bir qatorda institutning Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
2006 yilda “Navoiy” nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi.
Ish faoliyati davomida Respublikaning bor qator radiokanallarida ishladi, hususan “Vodiy Sadosi” radiosida efir boshlovchish, musiqiy muharrir lavozimlarida ishladi.
Xalqaro aloqalar bo'limi O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim hamda Mehnat va ijtimoiy masalalar vazirliklari tomonidan 1998 yil 5 fevraldagi 87-0433 sonli buyrug'i bilan tashkil etilgan.
Bo'limining asosiy vazifa va majburiyatlari:
ta'lim muassasasining xorijiy davlatlar ta'lim muassasalari va markazlari bilan imzolangan bitimlardan kelib chiqib, xalqaro hamkorlik strategiyasini ishlab chiqadi hamda uning asosiy yo'nalishlarini muhokama qiladi va aniqlashtiradi;
professor-o'qituvchilarning xorijiy xizmat safarlari yuzasidan hisobotlarni umumlashtiradi va institut Ilmiy Kengashi muhokamasiga taqdim etadi.
Institutning ilk xalqaro shartnomasi 1992 yilda amalga oshirilgan bo'lib, hozirga qadar 11ta mamlakatning 18 ta ta'lim muassasi bilan hamkorlik shartnomalarini imzolashga muvaffaq bo'lindi. Bugungi kunga qadar institut bir necha xorijiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqlarini o'rnatgan. Bunday ta'lim muassasalari va markazlariga Texas Qishloq xo'jaligi va Mashinasozlik Universiteti (AQSh), Ritsumeykan Trast Osiyo Tinchokeani Universiteti (Yaponiya), Sterling Universiteti, Abersvift Universiteti (Angliya), Moskva Moliya Akademiyasi, Moskva Davlat Universiteti, S.V.Plexanov Nomli Rossiya Iqtisodiyot Akademiyasi, Sankt-peterburg Iqtisodiyot va Moliya Universiteti, Lomonosov nomli Davlat Universiteti (Rossiya Federatsiyasi), Atervepen Universiteti (Belgiya), Manxeym Texnologiya instituti, Gamburg Informatsion Texnologiya Universiteti, Passav Universiteti, (Germaniya), Xuz Universiteti, Yoju Texnologiya Instituti, CSM Kolleji (YoTIning Yangi Zelandiyadagi filiali), Vusong Xalqaro Solbrij Universiteti (Janubiy Koreya), Mara Texnologiya Universiteti (Malayziya), Hindiston Moliya instituti (Hindiston), Nero Biznes Inkubatori (Misr), Bishkek Bank-Moliya Akademiyasi, A.Botirov nomli Xalqlar do'stligi Universiteti (Qirg'iziston) kabilar misol bo'laoladi.
TMIning Janubiy Koreyaning Yoju Texnologiya Instituti bilan bugungi kundagi hamkorligi alohida ahamiyatga egadir. Xususan, institutning 10 ga yaqin talabasi Institutning Janubiy Koreya va Yangi Zelandiyadagi bo`limlarida tahsil oldilar, bundan tashqari 14 talaba 2009 yilda o`zining yozgi ta`tillarini, Yoju Texnologiya Institutining oromgohida o`tkazdilar, shu ylda ham 15 ta talabaning borishi rejalashtirilmoqda.
Xalqaro aloqalar bo'limi
Telefon: (+ 998 97)
E-mail: icd@tfi.uz
|