Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDU.UZGOV.UZTMI Pochtasi
 Struktura > Bo'limlar > Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2010
Struktura
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Intranet
Norma Hamkor
Hamkorlar
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
 2009/2010 O‘quv yilida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuzasidan hisoboti
 2009/2010 O‘quv yilida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi

Norboev O'ktam Tilovqobilovich.

Ma'naviyat va ma'rifat" bo'limi

Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat bo'yicha: Buyuk kelajagimizning haqiqiy ma'noda yaratuvchisi hisoblangan yoshlarni yuksak bilimli, zamonaviy texnologiyani mukammal egallagan, ayni paytda, tarixan tarkib topgan milliy qadriyatlarimizning asl durdonalarini o'zida mujassam etgan komil inson, barkamol avlod sifatida voyaga etkazish institutda olib borilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarning o'zagini tashkil etadi.

Talaba-yoshlarni mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash jarayonida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy va madaniy salohiyatning tub mohiyatini anglaydigan raqobatbardosh mutaxassis, insonparvar, etuk, davr talabiga javob beradigan, ma'naviy-madaniy, axloqiy ruhiy va jismoniy jihatdan barkamol, Vatanga, el-yurtga sadoqatli kishilar qilib tarbiyalash hamda ularda turli ekstremistik va buzg'unchi g'oyalar va yo'nalishlarga qarshi immunitetni kuchaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi.

Institutda ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishdagi faoliyat O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik Markazini tashkil qilish to'g'risida"gi (1994 yil 24 aprel), "Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risida"gi (1996 yil 9 sentyabr) Farmonlari, Oliy Majlis IX sessiyasida qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" (1997 yil 27 avgust), Vazirlar Mahkamasining "Ma'naviy - ma'rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi (1998 yil 14 iyul), "Milliy g'oya targ'iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlarning samaradorligini oshirish to'g'risida"gi (2006 yil 25 avgust) Qarorlari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Hay'at Qarorlari va buyruqlari mazmun, mohiyatidan kelib chiqadigan maqsad va vazifalarni hayotga tadbiq qilish borasida, vatanparvarlik, ma'naviy-axloqiy, xuquqiy, kasbiy mehnat, badiiy - estetik, ekologik va jismoniy tarbiya yo'nalishlarida o'quv jarayonida, talabalarning darsdan bo'sh vaqtlarida, talabalar turar joylarida va talabalarning salomatligi yo'lida olib borildi.

Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat bo'yicha innovatsion-rivojlanish quyidagi maqsadli yo'nalishlarda namoyon bo'ladi:

Murabbiylik faoliyatini takomillashtirish ishlari. Institutda 2005-2007 yillarda olib borilgan ma'naviy-ma'rifiy faoliyat tajribasi tahlil etilib, umumlashtirildi va 2005 yildan "Ustoz-shogird" tizimi sinov tarzida (1 va 2 - bosqich talabalari uchun) amaliyotga joriy etildi. Mazkur tizim faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida "Ustoz tanlovi" tadbirlari o'tkazilib, akademguruh talabalari tomonidan Ustozlarni tanlab olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratildi, ya'ni har bir professor-o'qituvchi o'z faoliyat dasturi va kasb mahoratini auditoriyalarda talabalarga namoyish etishlari orqali tanlov g'olibi va Ustozlik maqomiga ega bo'lishlari uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Bugungi kunda institutda to'liq "Ustoz-shogird" tizimiga o'tilgan bo'lib, akademguruh talabalariga etakchi professor-o'qituvchilar tarkibidan tanlov asosida Ustozlar biriktirilgan. Shuningdek, Ustozlik faoliyatidagi kasbiy mahorat va tajribani ommalashtirish maqsadida "Eng namunali Ustoz" ko'rik-tanlovlari tashkil etilib, Ustozlik faoliyati uchun ish haqining 15 foizi miqdorida rag'batlantirish, "Eng namunali Ustoz" faoliyati uchun ish haqining 30 foizgacha miqdorda rag'batlantirish joriy etilgan.

Istiqbolda ta'lim-tarbiya jarayoni uzviyligi va uzluksizligini ta'minlovchi funktsional yaxlit ta'sirchan mexanizmni shakllantirish borasida maqsadli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, institut Ustozlari uchun kasb mahoratini oshirishga qaratilgan "Ustoz etikasi" malaka oshirish kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Institut jamoasini tezkor axborot bilan ta'minlash ishlari. Institut jamoasi, professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlarini tezkor axborot va yangiliklar bilan ta'minlash hamda ularni buzg'unchi informatsion xurujlardan himoya qilish maqsadida institutda "Axborot guruhi" va "Moliyachi" radiotarmog'i faoliyati hamda "Moliyachi" gazetasi nashri yo'lga qo'yilgan. Shuningdek institut fakultetlari va o'quv binolarida barcha imkoniyat va qulayliklarga ega "Axborot resurs markazlari" faoliyat olib bormoqda.

Institutda "Moliyachi" radiotarmog'i ish jarayonini takomillashtirish orqali "Axborot guruhi" faoliyati samaradorligi oshirilishiga hamda institut nashri hisoblangan "Moliyachi" gazetasining nashr tirajini 200 nusxadan 500 nusxaga ko'paytirish orqali jamoani matbuot nashri bilan ta'minlanish darajasini oshirishga erishildi. Shuningdek, mazkur yildan har bir fakultetning "Fakultet oynomasi" ommaviy nashrlarini chiqarish ishlari boshlab yuborildi.

Istiqbolda institutda "Tezkor axborot markazi" faoliyatini yo'lga qo'yish, "Moliyachi" gazetasi nashr hajmini besh baravarga oshirish, institut "Moliya axborotnomasi" jurnali hamda "Moliyachi" radiotarmog'i faoliyatini yanada takomillashtirish orqali "Moliyachi TRT" teleradiotarmog'i faoliyatini yo'lga qo'yish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Talabalarning bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazishishlari. Institutda talabalarning bo'sh vaqtlarini sermazmun va samarali o'tkazish maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 2005 yilda institutda "Ma'naviyat kuni" tadbirlarining har oyning ikkinchi haftasining chorshanba kuni bevosita teatr, muzey, qadimiy ziyoratgoh va madaniyat maskanlarida o'tilishi yo'lga qo'yilgan bo'lsa, 2006 yildan boshlab mazkur "Ma'naviyat kuni" tadbirlarining ta'lim bilan uyg'unlashgan holda reja asosida har oyning birinchi va uchinchi haftalarida, hafta davomida o'tilishi tashkil etildi;

Shuningdek, institutda "Yosh posbonlar" jamoat tuzilmasi, "Moliyachi" teatr, "Yoshlik" badiiy jamoalari, "Notiqlar", "Munozara", "Vatanparvar", "Moliyachi qizlar", "Yosh adabiyotchilar" klublari va 20dan ortiq fan to'garaklari, sportning 8 turini o'z ichiga qamrab olgan sport sektsiyalari faoliyati samarali tashkil etilgan. Institut talabalarining "Xazina", "Nihol", "Barhayot an'analar", "Do'stim Sizga gapim bor", "Quvnoqlar va zukkolar", "Qizlar bahsi", "Tasanno" kabi ko'rik-tanlov va bellashuvlardagi faol ishtirokini alohida ta'kidlab o'tish lozim.Xususan, institut talaba-yoshlari bir qator respublika va shahar miqyosidagi ko'rik-tanlovlarda muvaffaqiyat bilan ishtirok etib keldi. Jumladan, 2005-2007 yillar davomida institut talabalari jamoasi Oliy o'quv yurtlari talabalarining "XAZINA-2005" o'zbek folklor san'ati va urf-odatlari hamda "NIHOL-2006" teatr san'ati festivallari laureatlik diplomlari, "Barhayot an'analar-2007" Respublika ko'rik-tanlovi faxrli 2-o'rin sovrindori bo'lishdi.

O'tgan davr mobaynida institutda ma'naviy-ma'rifiy ahamiyatga ega bo'lgan bir qator konferentsiyalar va anjumanlar tashkil etildi. Ularga "Navqiron O'zbekiston yoshlari" mavzusida "Yoshlar marafoni" ijodiy uchrashuv va musiqiy kecha, "Yoshlar yili"ga bag'ishlangan "Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga safarbar qilish, yot g'oyalardan himoya qilish bizning nafaqat ma'naviy balki, konstitutsiyaviy burchimizdir" mavzusida ochiq muloqot, "Ma'naviyat-targ'ibot markazi" hamkorligida "Axborotlashgan jamiyat asrida o'zlikni anglash va saqlab qolishda milliy g'oyaning o'rni" mavzusida davra-suhbati, "TANG-CHANG" klubida YuNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi hamda EKOSAN Xalqaro tashkiloti hamkorligida o'tkazilgan "Yoshlar giyohvandlik va OITS (SPID)ga qarshi" aktsiya-tanlovi, "O'zbekiston yozuvchilarining ijodiy portreti" mavzusida O'zbekiston xalq yozuvchilari va shoirlari Toxir Malik, O'tkir Xoshimov va Xalima Xudoyberdievalar bilan o'tkazilgan ijodiy uchrashuv, Evropa uyi rahbariyati M.Tsiversa, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining mutasaddilari ishtirokidagi "Ta'lim yo'nalishlarining o'quv jarayoni ta'minotiga qo'yiladigan talablar va ularni amaliyotga joriy etish" mavzusida amaliy seminar, Milliy Tempus ofis rahbari A.Abduraxmanova, (Germaniya) Saarlend Universiteti fakultet dekani V.Lorentsa ishtirokidagi "Podderjka predprinimatel-skoy deyatelnosti v visshix uchebnix zavediniyax" mavzusida xalqaro-ilmiy-amaliy konferentsiya, O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy markazi, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi Toshkent filiali va Moskva ijtimoiy-iqtisodiy instituti hamkorligida "Mejdunarodniy opit sozdaniya finansovo-promishlennix grupp i problemi sovershenstvovaniya korporativnogo upravleniya v Uzbekistane" ("O'zbekistonda korporotiv boshqarishni takomillashtirish muammolari va moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishning xalqaro tajribasi") mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiya, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda respublika tayanch oliy o'quv yurtlari Kengash a'zolari ishtirokida "Ta'lim texnologiyalari nazariyasi va amaliyoti" mavzusida amaliy seminarlar misol bo'la oladi.

Institutda mavjud "Moliyachi" ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-ma'rifiy gazetasi 2008 yildan yangicha ko'rinish, xajm va mazmunda chop etilishini boshladi. Shuningdek, institutda professor-o'qituvchilarning ilmiy-nazariy izlanish va tadqiqotlariga keng yo'l ochish maqsadida "Moliya" jurnali chop etilishi yo'lga qo'yildi.

Institutda sportni rivojlantirish maqsadida zamon talablari darajasidagi "Moliyachi" sport-sog'lomlashtirish majmuasi qurib ishga tushirildi. "Vatanparvar" klubi, "Fakultet kuni" tanlovlari tashkil etildi.

Shuningdek, ijarada yashovchi talabalarning yashash tarzi, ularning bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazishga qartilgan maqsadli dastur asosida "Ijarada yashovchi talabalar to'g'risidagi ma'lumotlar banki" yaratilib, Ustozlar tomonida ijarda yashovchilarning yashash manzillariga "Tashrif" tadbirlari doirasida ochiq muloqotlar, uchrashuv va bir piyola choy ustida davra suhbatlari o'tkazilib kelinmoqda.

Istiqbolda "Ma'naviyat kuni" tadbirlarining institut doirasidagi qamrovini kengaytirish maqsadida "Moliyachi" madaniyat saroyini qurish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga talabalarni turli informatsion xuruj va buzg'unchi g'oyalardan himoya qilishga qaratilgan, Akademguruh sardori + Kamolot etakchisi + Ustoz + Mutaxassislik kafedrasi mudiri + Dekan muovinlari + Jamoat tashkilotlari vakillari + Fakultet dekani + Ota-ona ishtirokini o'z ichiga olgan "Himoya qobig'i"ni yaratish hamda institut talabalarining qiziqishlari bo'yicha tashkil etilgan klub va jamoalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi "Rahbar talaba" lider yoshlar birlashmasini tuzish ustida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Talabalar turar joylaridagi shart-sharoitlarni yaxshilash ishlari. Institut tasarrufida 3 ta talabalar turar joyi mavjud bo'lib, o'tgan 2005 yilda 1 va 2-sonli talabalar turar joylari institutning o'z mablag'lari hisobidan to'liq kapital ta'mirdan chiqarildi va zamon talabalari darajasida jihozlandi. Talabalar turar joylari internet tarmog'iga ulangan zamonaviy kompyuterlar, radio, televizor va ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal) bilan to'liq ta'minlandi. Talabalar turar joylarini saqlash va talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida talabalar turar joylarida o'z-o'zini boshqaruv tizimi joriy etildi.

Talabalar kengashi + "Navbatchilik" guruhi + "Yosh posbonlar" + rasmiy va norasmiy etakchilar birligidagi "Ichki boshqaruv tizimi" shakllantirildi.

Mazkur tizim faoliyat samarasi o'laroq, institut 1-sonli talabalar turar joyi "Yoshlik" talabalar shaharchasi miqyosida 2006 yil yakuni bo'yicha o'tkazilgan tanlovda "Eng namunali talabalar turar joyi" nominatsiyasi bo'yicha, TTJ Kengash raisi esa "Tashabbuskor talabalar Kengashi raisi" nominatsiyasi bo'yicha g'olib deb topildi.

Istiqbolda o'z-o'zini boshqarish tizimini to'la-to'kis joriy etish, o'zligini anglagan, bunyodkorlik faoliyati bilan mashg'ul avlodni shakllantirish kafolatini beruvchi "Tashabbuskor talaba-yoshlar harakati"ni yo'lga qo'yish, Talabalar turar joyini nafaqat yashash joyi, balki, ma'naviyat va ma'rifat maskani, tarbiya o'chog'iga aylantirish maqsadida turar joydagi mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilab borishga qaratilgan "Talabalar turar joyi va kelajak" istiqbol - rivojlanish innovatsion dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish belgilab olindi.

  • institut talaba-yoshlari bir qator respublika va shahar miqyosidagi ko'rik-tanlovlarda muvaffaqiyat bilan ishtirok etib keldi. Jumladan, 2005-2007 yillar davomida institut talabalari jamoasi Oliy o'quv yurtlari talabalarining "XAZINA-2005" o'zbek folklor san'ati va urf-odatlari hamda "NIHOL-2006" teatr san'ati festivallari laureatlik diplomlari, "Barhayot an'analar-2007" Respublika ko'rik-tanlovi faxrli 2-o'rin sovrindori bo'lishdi;
  • institutda "Ma'naviyat kunlari" doirasida talabalarning O'zbekiston milliy akademik drama teatriga, Muqimiy nomidagi O'zbek davlat musiqiy teatriga, Abror Hidoyatov nomidagi O'zbek davlat akademik teatriga, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatriga, O'zbekiston akademik Rus drama teatriga va O'zbekiston Respublikasi davlat Olimpiya shon-shuhrati muzeyiga tashriflari mazkur kun doirasidagi tadbirlarning yuqori saviyada o'tishi va ta'sirchanligini oshirishga xizmat qildi;
  • "Axborot guruxi" byulletenlari yangicha shakl va uslublarda chop etila boshladi;
  • "Axbort soati" mashg'ulotlari fakultetlar doirasida hafta kunlari taqsimoti bo'yicha o'tilishi (har bir fakultetda haftaning bir kunida) mazkur mashg'ulot va ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishdagi faoliyatni yangi sifat bosqichiga olib chiqdi;
  • institutda to'liq "Ustoz-shogird" tizimiga o'tildi;
  • institutda mavjud "Moliyachi" ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-ma'rifiy gazetasi 2008 yildan yangicha ko'rinish, xajm va mazmunda chop etilishini boshladi. Shuningdek, institutda professor-o'qituvchilarning ilmiy-nazariy izlanish va tadqiqotlariga keng yo'l ochish maqsadida "Moliya" jurnali chop etilishi yo'lga qo'yildi;
  • institut tasarrufidagi talabalar turar joylari to'liq ta'mirdan chiqarilib, zamon talabalari darajasida jihozlandi. Talabalar turar joylaridagi "Ma'naviyat va ma'rifat" xonalari yumshoq mebellar, stol va stullar, gilam, televizorlar hamda kompyuterlar bilan jihozlanib, talabalar uchun zarur o'quv adabiyotlari, ma'naviyatga oid va badiiy kitoblar, gazeta va jurnallar bilan ta'minlanib kelinmoqda;
  • institut talabalar turar joylarida "O'z-o'zini boshqarish" tizimiga to'liq o'tildi;
  • institut talabalarini sport bilan shug'ullanishlari uchun etarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida zamonaviy "Moliyachi" sport-sog'lomlashtirish majmuasi qurib ishga tushirildi;
  • Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish jarayoni sifat va samaradorligini oshirish maqsadida yangi pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish yo'lga qo'yildi;.
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2006 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni yakunlari va 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustivor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majmuasidagi "Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo'lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish asosiy vazifamizdir" nomli ma'ruzasi asosida 12 soatlik fakultativ va seminar mashg'ulotlarining o'tilishi yuqori saviyada tashkil qilindi;
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yosh oilalarni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni institut professor-o'qituvchilari va talabalari o'rtasida atroflicha o'rganilib, turkum uchrashuv va davra suhbatlari tashkil qilindi;
  • "Ijtimoiy himoya yili" davlat dasturi ijrosi institut miqyosida belgilangan maxsus chora-tadbirlar rejasi asosida to'liq bajarildi va bu borada qilingan ishlar hisobotlari belgilangan tartibda Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligiga topshirildi;
  • 2007 yil Toshkent shahrini Islom madaniyati poytaxti deb e'lon qilinishi munosabati bilan turkum davra suxbatlari, ochiq muloqot va uchrashuvlar, shahrimizdagi me'moriy yodgorliklar tamoshasiga tashriflar uyushtirildi;
  • "Universiada - 2007" sport musobaqalarida institutning 17 nafar sportchi talabalari faol ishtirok etishdi, shuningdek, institut 1-sonli talabalar turar joyida "Universiada - 2007" sport musobaqalari gandbol turi ishtirokchilarining musobaqalar davrida yashashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

I. UMUMIY QOIDALAR

1.1. "Ma'naviyat va ma'rifat" bo'limi (bundan keyin - bo'lim) - talabalarda ma'naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy istiqlol g'oyasi va mustaqillik mafkurasini shakllantirish borasida institutda amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy va ta'lim-tarbiya faoliyatlarini muvofiqlashtiruvchi Bo'limdir.

1.2. Bo'lim - O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buyrug'i asosida institutda tashkil etiladi.

1.3. Bo'lim faoliyatiga javobgarlik mas'uliyati - ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo'yicha birinchi prorektor zimmasiga yuklatiladi.

1.4. Bo'lim o'z faoliyatini - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining me'yoriy xujjatlari hamda mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

II. BO'LIMNING MAQSAD VA VAZIFALARI

2.1. Institutda Vatan va Davlat manfaatlariga xizmat qiluvchi, intellektual salohiyatga ega, barkamol avlodni shakllantirish borasida olib borilayotgan barcha faoliyatlarni muvofiqlashtirish, yo'naltirish hamda uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;

2.2. Talabalar, magistrlar, aspirantlar, yosh o'qituvchilarning hayotda o'z o'rinlarini topishlariga, ularda vatanparvarlik, Davlat manfaatlariga sodiqlik burch va mas'uliyatlaridan kelib chiqib, o'zlarining aqliy, ijtimoiy imkoniyatlarini Vatan manfaati yo'liga yo'naltirish borasidagi faoliyatlariga tegishli muhit va sharoit yaratish ishlarini amalga oshirish;

2.3. Mustaqil dunyoqarshga ega bo'lgan, ajdodlarimizning buyuk tarixiy merosi va hozirgi zamon tafakkuri asosida yashaydigan, vatanparvar, insonparvar, milliy o'zligini anglaydigan, milliy g'urur va o'z millatiga sadoqatli bo'lishni eng yuksak burch deb biladigan, odamlarda iymon, mehr-shavqat, poklik va halolik kabi fazilatlarni qadrlay oladigan va ularga hayotda amal qiladigan, ota-onaga izzat-hurmat, oilaga sadoqat, bag'ri keng, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni amalda ajrata oladigan shaxsni shakllantirishga ko'maklashish;

2.4. Vatan mustaqilligiga tahdid soladigan ekstremistik oqimlar, har xil buzg'unchi g'oyalarga qarshi g'oyaviy immunitetni shakllantirish va rivojlantirish, bu borada psixologik texnologiyalarga asoslangan tizimni yaratish va takomillashtirish tadbirlarini olib borish;

2.5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlar mazmunini talabalar va professor-o'qituvchilar ongiga etkazishni amalga oshirish;

2.6. Talabalarning ma'naviy-ahloqiy saviyasi va madaniy ehtiyojlarini aniqlash maqsadida davriy ravishda sotsiologik tadqiqotlar o'tkazish va monitoring olib borish;

2.7. Huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;

2.8. Talabalarning siyosiy madaniyati, dunyoqarashi, ma'naviyati, siyosiy etukligi, axloqiy barkamolligi va ijtimoiy faolligini shakllantirish, ularni Vatanga, xalq va millatga yuksak mehr-muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan ehtirom ruhida tarbiyalash, erkin, mustaqil, ijodiy fikrlaydigan komil inson etib tarbiyalashga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy Dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

2.9. Talabalar turar joylarida va ijarada yashovchi talabalar bilan institut rahbarlarining amaliy uchrashuvlarini tashkil qilish;

2.10. Talabalar turar joylarida ma'naviy-ma'rifiy, badiiy-ijodiy mavzulardagi davra suhbatlari, uchrashuvlar, bayram kechalari tashkil qilish va o'tkazish;

2.11. Institutda Vatanimiz bayramlari va talabalar hayotiga doir devoriy gazetalarni muntazam chiqishini ta'minlash;

2.12. Institut talaba-yoshlarining qiziqishlaridan kelib chiqib, turli yo'nalishdagi badiiy-ijodiy to'garaklar, badiiy san'at va teatr jamoalari tuzish hamda ularning faoliyatini yo'lga qo'yish;

2.13. Respublika, viloyat va shahar miqyosida o'tkaziladigan turli ma'naviy-ma'rifiy va madaniy tadbirlarda professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlarning faol ishtirokini ta'minlash;

2.14. Institut miqyosida turli ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy-siyosiy, badiiy-ijodiy, sport-sog'lomlashtirish mavzularida konkurslar, festivallar, ko'rik-tanlov va musobaqalar tashkil qilish;

2.15. Institutda talabalarning ma'naviy tarbiyasiga mutasaddi bo'lgan bo'g'inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

2.16. Institut talaba-yoshlari orasida ma'naviyat va milliy istiqlol g'oyasini targ'ibot qilish maqsadida - Bo'lim qoshida mavzular bo'yicha sho''balar tuzish hamda ma'naviy-ma'rifiy, tarbiyaviy ishlar yo'nalishlari va ularning samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar kiritishdan iborat.

III. BO'LIMNING HUQUQLARI

3.1. Ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo'yicha prorektor bilan kelishilgan holda fakultet dekanlari, dekan muovinlari va professor-o'qituvchilarni ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy tadbirlarga bevosita jalb qilish;

3.2. Institut tasarrufidagi fakultet va kafedralarda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarning holatini o'rganish natijalari yuzasidan institut Ilmiy Kengashi va Ijtimoiy-gumanitar ta'lim va ma'naviy-ma'rifiy ishlar Kengashlariga axborotlar taqdim etish;

3.3. Institutda ta'lim olayotgan kam ta'minlangan, moddiy va ma'naviy yordamga muhtoj talaba-yoshlarga hamda Bo'lim qoshidagi sho''balarning faol a'zolariga moddiy yordam va rag'batlantirish ko'rsatish bo'yicha takliflar berish;

3.4. Ma'naviy-ma'rifiy masalalar yuzasidan fakultet dekanlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha muovinlariga bevosita ko'rsatma va topshiriqlar berish.

IV. BO'LIM ISh FAOLIYaTINI TAShKIL QILISh

4.1. Bo'lim ish faoliyatini sifatli va samarali tashkil etish maqsadida qo'yidagi hujjatlar yig'majildini yuritish tavsiya etiladi:

  • Bo'lim Nizomi;
  • yillik ish reja va turli tadbirlarga oid Dasturlar;
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining buyruq, ko'rsatma va Hay'at qarorlari;
  • institut Rektorining buyruq, ko'rsatma va Ilmiy Kengash qarorlari;
  • "Ma'naviyat kuni" tadbirlari hujjatlari;
  • berilgan ma'lumotnoma, tavsiya va ularga ilova hujjatlar;
  • o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy tadbirlar hamda sho''balar faoliyatiga oid hujjatlar;
  • institut talabalari va ularning tarkibiga oid hujjatlar;
  • talabalar turar joylari va ijarada yashovchi talabalarga oid hujjatlar;
  • kirish va chiqish xatlari, ariza va iltimosnomalarni qayd etish kitobi;
  • kvartal va yillik hisobotlar;

4.2. Bo'lim samarali faoliyat olib borishi uchun institut tomonidan quyidagi tegishli sharoitlar yaratiladi:

  • ish kabineti, kabinet va ish jihozlari;
  • kompyuter majmuasi;
  • televizor, audio/video texnika;
  • telefon raqami (ichki va tashqi tarmoq);
  • ovoz kuchaytirish texnikasi va zaruriy musiqa asboblari bilan ta'minlanadi.
© 1999-2009 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.