|
O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1999 yil 26 aprelida 106-sonli buyrug‘i asosida Toshkent Moliya institutida «Oliy o‘quv yurtida o‘quv jarayoni sifatining ichki nazorat inspektsiyasi to‘g‘risidagi Nizom» bo‘yicha «Ichki nazorat inspektsiyasi» tashkil etildi.
«Ichki nazorat inspektsiyasi» bo‘limiga professor Z.Yo‘ldoshev, professor D.G‘ozibekov, dotsent Z.Mamatov, dotsent B.Xoshimovlar raxbarlik qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2001 yil 29 avgust 207-sonli buyrug‘i asosida Toshkent Moliya instituti «Ichki nazorat inspektsiyasi» bo‘limi negizida «Ichki nazorat va monitoring» bo‘limi tashkil etildi va uning Nizomi ishlab chiqilib, shu Nizom asosida ish olib borildi.
Institut rektorining buyrug‘i bilan 2002 yildan «Ichki nazorat va monitoring» bo‘limini boshlig‘i lavozimida dots. B.O.Bolibekov ishlab kelmoqda.
2004 yildan buyon bo‘lim nomi “Monitoring va ichki nazorat” deb yuritilib kelinmoqda.
«Monitoring va ichki nazorat» bo‘limi tomonidan institutga kelib tushgan barcha Prezident qarorlari farmonlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, OO‘MTV buyruqlari va Hay’at qarorlari, yo‘riqnoma, xat, modemogramma va telefonogrammalari ijrosi o‘z vaqtida, muntazam nazoratga olinib, choraklik va oylik (1-2-jadvallar bo‘yicha) hisobot shaklida qabul qilinadi. Shuningdek, bo‘lim tomonidan qabul qilingan har bir qarorlar ijrosi umumlashtirilib, ma’lumotnoma tarzida Vazirlikning “Monitoring va ichki nazorat” bo‘limi boshlig‘i va Hay’at kotibi (M.Zokirov)larga har oyning 5-20 sanasiga qadar muddatidan kechiktirmasdan taqdim etiladi. Institutda Ilmiy Kengash qarorlari va rektor buyruqlari ijrosining nazoratini ta’minlash bo‘yicha ham ularning monitoringi olib boriladi.
Bo‘limning kelajak rejalari
- O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, ta’lim masalalari bo‘yicha respublika Hukumati qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarori, buyruq, yo‘riqnoma, xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, Toshkent Moliya instituti Ilmiy Kengashi qarorlari va buyruqlarining bajarilishini fakultet, kafedra, bo‘limlar bo‘yicha tahlil qilish va har oyda ularni jadval shaklidagi hisobotlarini tayyorlab, Vazirlikka taqdim etib borish;
- institut kafedralari va litseylarida Davlat ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshirib borish;
- institut va unga tegishi ta’lim muassasalarida bo‘ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish;
- institut faoliyatini o‘rganish bo‘yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalardan o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb etish;
- institutda ta’limning holatini tahlili hamda uni istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlar bankini shakllantirish va uni yangilab borish;
- institutning boshqarish organlari (vazirlik, rektorat, Ilmiy Kengash)ga ta’limni isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash;
- institutda qabul qilingan qaror va buyruqlar ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;
- institutda ijrochilik faoliyatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatish;
- professor-o‘qituvchilarni yillik ichki atestatsiyadan o‘tkazish maqsadida ularning faoliyatini baholash usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
- monitoring natijasida topilgan ayrim kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etadi.
«Monitoring va ichki nazorat» bo‘limining istiqboldagi rejasi «Monitoring va ichki nazorat» bo‘limi istiqboli institutda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va me’yoriy hujjatlarni bajarilish monitoringini sifatli olib borish, shuningdek, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni amalga oshirishni kuchaytirish, respublikamizga raqobatbardosh sifatli va malakali kadrlarni tayyorlash asosida mehnat bozorini rivojlantirish, institut ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilashni hisobga olgan holda bo‘lim va fakultetlar faoliyatini nazorat qilib borish hamda ular faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
«Monitoring va ichki nazorat» bo‘limi istiqbol rejasi quyidagilar hisoblanadi:
- institutni istiqbolda rivojlanishi hamda talabalar kontingentini hisobga olgan holda, kunduzgi bo‘lim fakultetlarida hamda magistratura bo‘limlarida «Monitoring va ichki nazorat» bo‘limi xodimlarini tashkil etish;
- doimiy ravishda institut professor-o‘qituvchilarining o‘quv-uslubiy kompleksini yangilanganlik darajasini tahlil qilib borish ko‘zda tutilgan. |