Fakultetning shiori:Jamiyatni intellektual salohiyati
yuqori bo'lgan kadrlargina boshqara oladi.
Fakultetning tashkil etilishiga Respublikamiz Prezidenti I.Karimovning Toshkent viloyati xalq deputatlari kengashidagi bildirgan fikr-mulohazalari asos bo'ldi. I.Karimov o'z nutqlarida bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida olimlar, ziyolilar, ishbilarmon tadbirkorlar bilan bir qatorda boshqaruvchi "MENEJERLAR"ning mavjudligi muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida atroflicha tushuncha berdi.
Yurtboshimiz ma'ruzasidan kelib chiqqan xolda institut rahbariyati mazkur yo'nalishda kadrlar tayyorlashga katta e'tibor berilishi lozimligini tushunib, o'z ichki imkoniyatlariga tayanib, Boshqaruv fakultetini 2004 yilining fevral oyida institutning "Hisob-iqtisod" va "Kredit-iqtisod" fakultetlari bazasida barpo etdi. Fakultet tarkibiga "Umumiqtisodiy nazariya va iqtisodiy pedagogika", "Menejment", "O'zbek va rus tillari" kafedralari biriktirildi.
Bugungi kunda fakultetda 700dan ziyod talaba taxsil olmoqda. Ularning aksariyati a'lo va yaxshi baholarga o'qimoqdalar. Fakultet tomonidan "Kasb ta'limi" sohasi bo'yicha tayyorlangan mutaxassislar Respublikamizning turli viloyat, shaxar va tumanlar Moliya yo'nalishidagi kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarida pedagogik faoliyat bilan shugullanib kelmoqdalar.
Manzil: O`zbekiston, Toshkent, Kichik halqa yo`li - 7 uy.
Telefon: (+ 998 71) 2344952
E-mail: bf@tfi.uz |