Karimov Fatxulla Shukurovich
Boshqaruv fakulteti dekani
O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan iqtisodchi, professor
U 1944 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan, millati o'zbek. 1966 yilda Toshkent xalq xo'jaligi institutini tugatib, mutaxasisligi bo'yicha ishlagan. 1970-1973 yillarda TXXIning aspiranti. 1974 yilda iqtisod fanlari nomzodligi dissertatsiyasini yoqlagan. Shu yildan boshlab "Sanoat iqtisodiyoti" kafedrasining katta o'qituvchisi, 1977 yildan esa kafedra dotsenti bo'lib ishlab keldi. 1975-1980 yillarda TXXIning sirtqi-kechki fakultetida dekan muovini, 1980-1991 yillarda esa shu fakultetda dekan vazifasida ishladi. 1991 yildan 2004 yilga qadar Toshkent Moliya Instituti rektori muovini vazifasida, xozirgi kunda mazkur institutda Boshqaruv fakulteti dekani vazifasida ishlab kelmoqda. Unga 1991 yili "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan iqtisodchi", 1992 yili professor unvonlari berildi. 2000 yil "Fidokor", 2001 yilda "O'zbekiston Mustaqilligining 10 yilligi" nishonlari bilan taqdirlangan. F. Karimov iqtisodiyot, xususan "Mikroiqtisodiyot", "Kichik biznes va tadbirkorlik" fanlari soxasida salohiyatli olimlardan hisoblanadi. U tomonidan 30 dan ortiq ilmiy risolalar, o'quv qo`lanmalar va ilmiy maqolalar 90 bosma toboqdan ortiqroq xajmda chop etilgan. F. Karimov yuksak malakali pedagok bo'lishi bilan bir qatorda iste'dodli, tashabbuskor, o'ziga va qo'l ostida ishlayotgan xodimlarga nisbatan talabchan rahbardir. F. Karimov O'zbekiston iqtisodiyotini respublika ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa targ'ib qilish bilan bir qatorda Amerika, Malayziya, Italiya va Turkiya kabi xorijiy davlatlarda o'tkazilgan seminarlarda ham munosib darajada namoyon qilib munozaralarda ishtirok etgan. |