Shadmanov Xayrulla Nosirillayevich
Boshqaruv fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan muovini
U 1972 yilda Guliston tumanida xizmatchi oilasida tug'ilgan. Oliy ma'lumotli. Toshkent Davlat Agrar Universitetning Iqtisod fakultetini 1996 yilda tamomlagan. 1996 yilda Toshkent Davlat Agrar Universitetining Aspiranturasiga o'qishga kirib 1999 yilda tamomlagan. O'zbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi a'zosi. Mehnat faoliyatini Toshkent Moliya institutining Marketing xizmati bo'limida iqtisodchilikdan boshlagan. 2004 yildan Toshkent Moliya institutining Boshqaruv fakulteti dekani muovini lavozimida ishlab kelmoqda. Toshkent Moliya instituti tomonidan tayyorlangan bakalavr yo`nalishida o`qitiladigan ixtisoslik va tanlov fanlaridan o`quv dasturlari to`plamini yaratilishida faol ishtirok etgan. Fakultet ilmiy kengashida o'quv jarayonlarini tashkil etishda amalga oshirilishi lozim bo`lgan bir qator asosli takliflar kiritgan va bu takliflar joriy etilgan.
Asatullayev Xurshid Sunatullayevich
Boshqaruv fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan muovini
Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
U 1975 yilda Jizzax tumanida xizmatchi oilasida tug`ilgan. Oliy ma'lumotli. Jizzax Politexnika Institutini "Muxandistlik iqtisodiyoti" fakultetini tomomlagan. Mehnat faoliyatini Jizzax Politexnika institutining "Makroiqtisodiyot" kafedrasida assistent lovozimidan boshlagan. 1999 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilishi akademiyasining kunduzgi bo'limi aspirantligiga qabul qilinib, 2003 yilda akademiyaning Ixtisoslashgan kengashida "Makroiqtisodiy muvozanatlikni ta'minlashda davlat fiskal (byudjet-soliq) siyosatining o'rni" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Tadqiqot ishlarining dolzarb mavzulari ilmiy maqolalarida respublika va xorij matbuotlarida chop etilgan. U 16 ta ilmiy maqolalar, o'quv qo'llanmalar muallifi. Ulardan 2 tasi xorijda nashr ettirilgan. Xozirgi kunda Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining ilmiy texnikaviy rivojlantirish buyicha muvofiqlashtiruvchi kengash qoshidagi Fan va texnologiyalar markazi buyurtmasiga binoan Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida bajarilayotgan "Uzluksiz iqtisodiy ta'limni amalga oshirish konsepsiyasi" davlat granti GNTP-5 loyixasi bo`yicha ilmiy tadqiqotchi sifatida faoliyat ko`rsatmoqda.
Sulaymonov Baxodir Abdualimovich
Boshqaruv fakulteti Ma'naviy ishlar bo'yicha dekan muovini
U 1970 yilda Jizzax viloyati G'allaorol shahrida xizmatchi oilasida tug'ilgan. Oliy ma'lumotli. Toshkent Davlat Texnika Universitetining Mexanik-muxandislik yo'nalishini 1996 yilda tamomlagan. 2000 yilda O'zR FA Iqtisodiyot institutining Mikroiqtisodiyot yo'nalishini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Toshkent Moliya institutining Menejment kafedrasida o'qituvchilikdan boshlagan. 2005 yildan Toshkent Moliya institutining Boshqaruv fakulteti dekanining Ma'naviy ishlar bo'yicha muovini lavozimida ishlab kelmoqda. |