Fakultetning tashkil etilishi va tarkibi
Hozirgi kunda fakultetga jami 3 ta kafedra biriktirilgan bo’lib, ulardan 2 tasi yo’nalish bo’yicha ixtisoslik fanlaridan dars beruvchi mutaxassislik kafedralari va 1 tasi “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasidir.
Fakultetda hozirgi kunda 246 ta talaba tahsil olayapti. Talabalarga tahsil berish uchun Moliya injiniringi fakultetida jami 60 dan ortiq professor-o’qituvchilar xizmat ko’rsatmoqda. Ularning 38 foizdan ortig’i fan doktorlari-professorlar hamda fan nomzodlari-dotsentlardir.
Moliya injiniringi fakultetida ma’naviy-ma’rifiy, o’quv, o’quv-uslubiy va ilmiy ishlar tasdiqlangan rejalar asosida olib boriladi. Moliya injiniringi fakulteti rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning ko’pgina oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari o’rnatgan. Xususan, AQShning TEXAS Universiteti, Germaniyaning Manxeym Texnika Universiteti, Rossiyaning G.V. Plexanov nomidagi Iqtisodiyot akademiyasi, Rossiya Federatsiyasi hukumati qoshidagi Moliya akademiyasi va boshqalar.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Moliya injiniringi fakultetida 15 ga yaqin professor-o’qituvchilar tasdiqlangan ish rejalari asosida talabalarga murabbiylik qilib, ular bilan "Ustoz-shogird" tamoyili asosida ish olib bormoqdalar. Ma’naviyat va ma’rifat xonasida doimiy ravishda talabalar bilan har xil dolzarb mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar olib boriladi. Fakultetda talabalar o’rtasida turli sport musobaqalari, Quvnoqlar va zukkolar tanlovlari, talabalar turar joyida “Eng yaxshi qavat”, “Eng yaxshi xona” ko’rik tanlovlari o’tkazib boriladi. Fakultetda talabalarning normal yashashi, o’qishi va dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Talabalar ishtirokida Toshkent shahri va Respublikamizning diqqatga sazovor bo’lgan joylariga tashriflar uyushtirib turiladi.
Manzil: O`zbekiston, Toshkent, Chimboy - 2.
Telefon: (+ 998 71) 2466247
(+ 998 71) 2465811
E-mail: mi@tfi.uz |