Kurbonboyev Jo'rabek Eruvbaevich
O'quv ishlari bo'yicha dekan muovini
Moliya injiniringi fakulteti o’quv-ilmiy ishlari bo’yicha dekan muovini, “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi dotsenti. 2000-2003 y.y. davomida kunduzgi aspiranturaning “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” mutaxassisligi bo’yicha tahsil oldi va 2005 yili “Korxonalarda hisob siyosatini shakllantirish, yuritish va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. O’ndan ortiq ilmiy maqolalar hamda “Moliyaviy hisob” o’quv qo’llanmasi muallifidir. U 2003-2004 yillar davomida PRAGMA hamda boshqa xalqaro dasturlarning o’quv guruhlarida qatnashib kelgan. Hozirgi kunda Toshkent moliya institutining Moliya injiniringi fakultetida o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini lavozimida ishlab kelmoqda.
Shoyusupov Bahodir Sunillayevich
O'quv ishlari bo'yicha dekan muovini
"Moliya injiniringi va bozorlar" kafedrasi katta o'qituvchisi. "Moliya bozori va qimmatli qog'ozlar" fanidan ma'ruza matnlari, uslubiiy qo'llanmalar hammuallifi. O'ndan ortiq ilmiy-amaliy konferensiyalarda o'zining maqola va ma'ruzalari bilan ishtirok etgan. TDTU qoshidagi Oliy injenerlik pedagogika institutida pedagogik texnolgiya va pedagogik mahorat bo'yicha malaka oshirgan. Hozirda Moliya injiniringi fakultetining o'quv ishlari bo'yicha dekan muovini lavozimda ishlab kelmoqda.
Abdurahimov Bobir Abduqahhorovich.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha dekan muovini
"Moliyaviy tahlil" kafedrasi katta uqituvchisi. O’ndan ortiq ilmiy maqolalar hamda “Menejer - avvalo shaxs”, "Iqtisodiy tahlil" (kasb-hunar kollejlari uchun) o’quv qo’llanmalari muallifidir. U 2008 yilda Pedagogik texnologiya qayta tayyorlash kursida ishtirok etib, pedagogik qayta tayyorlash diplomini olgan. 2008 yil aprel oyidan Ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo'yicha dekan muovini lavozimida ishlab kelmoqda. |