Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDU.UZGOV.UZTMI Pochtasi
 Struktura > Fakultetlar > Hisob-iqtisod fakulteti > Dekan muovinlari
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2010
Struktura
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Intranet
Norma Hamkor
Hamkorlar
Dekan muovinlari

Adirov Tolliboy Xasanovich

O'quv va metodik ishlar bo'yicha dekan muovini

Adirov Tolliboy Xasanovich 1960 yilning 7- noyabrida Samarqand viloyati (hozirgi Navoiy viloyati) Nurota tumanida tavallud topgan. Millati o'zbek, 1977 yili Nurota tumanidagi 20-sonli o'rta maktabni tamomlagan. Shu yili Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat Universitetining "Matematika" fakultetiga o'qishga kirgan. 1982 yili shu fakultetni "imtiyozli" diplom bilan tamomlagan. 1982-1984yy. Nurota rayon partiya komiteti qoshidagi kitobsevarlar jamiyatining mas'ul kotibi. 1984-1987yy. O'zbekiston Fanlar Akademiyasining "Kibernetika" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida injener, injener - programmist. 1987-1990yy. O'zbekiston Fanlar Akademiyasining "Matematika" institutida aspirant. 1990-1994yy. Toshkent Avtomobil va yo'llar institutida "Matematika" kafedrasining assistenti. 1994-1996yy. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasiga qarashli Davlat Test Markazi Test materiallari bo'limining boshlig'i. 1996-1997yy. Toshkent To'qimachilik va Engil sanoat instituti "Amaliy matematika" kafedrasining dotsenti. 1997-1998yy. O'zbekiston sanoat qurilish banki "Oxunboboev" bo'limida kompyuter bo'limining boshlig'i.1998-2007yy. Toshkent Moliya instituti "Matematika" kafedrasining dotsenti. 2006 yildan to xozirgacha Toshkent Moliya instituti Xisob-iqtisod fakulteti dekanining o'quv ishlari bo'yicha muovini vazifasida ishlab kelmoqda.

Yakubov Ulugbek Qosimovich

O'quv-uslubiy ishlari bo'yicha dekan muovini

Yakubov Ulugbek Kosimovich 1976 yilda O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatining Bekobod tumanida tug'ilgan. 1993 yilda Toshkent moliya institutining kunduzgi "Hisob-iqtisod" fakultetiga o'qishga kirib, 1998 yilda uni imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1998 yildan Toshkent moliya institutining "Moliyaviy tahlil" kafedrasida assistent, katta o'qituvchi, dotsent lavozimlarida ishlagan. 2002 yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2005 yildan hozirgacha"Hisob iqtisod" fakultetining o'quv-uslubiy ishlari bo'yicha dekan muovini vazifalarida ishlab kelmoqda.

Xusnutdin Sadriddinovich Nasreddinov

Ma'naviyat-ma'rifat ishlari bo'yicha dekan muovini

1965 yil O'zbekiston Respublikasi Toshkent shaxrida tavallud topgan. 1986 yil Toshkent Elektro-texnika aloqa institutiga o'qishga kirgan. 1991 yil ushbu institutni muvoffaqiyatli tamomlagan. 1993-2006 yillarda Toshkent Moliya instituti Hisoblash markazi injeneri, "Iqtisodiy-informatika" kafedrasiga assistenti, Sirtqi Kredit-iqtisod fakulteti dekan muovini, "Informatsion texnologiyalar " kafedrasi katta o'qituvchisi lavozimlarida ishlagan.

© 1999-2009 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.