|
Respublikamizda 1931 yil 31 avgustda O`rta Osiyo Moliya-iqtisod institutining tashkil etilishi kredit-iqtisodchi mutaxassis kadrlarni tayyorlanishiga asos bo`ldi. 1946 yil shu institut tarkibida "Kredit-iqtisod" va "Moliya-iqtisod" fakultetlari tashkil etildi. "Kredit-iqtisod" fakultetiga 1961-1968 yillarda M.V. Kozin, X. M. Murodov, T.T. Xodjayev, 1968-1984 yillarda T.Qosimov, 1984-1991 yillarda esa N.A.Abdullayev, T.T. Qoraliyevlar rahbarlik qilgan.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng, moliya-kredit mutaxassis kadrlariga bo`lgan talabning kuchayishini inobatga olib, Respublika Prezidentining 1991 yil 13 maydagi Farmoni bilan Toshkent Xalq Xo`jaligi institutining Moliya-kredit va hisob-iqtisod fakultetlari negizida 1991 yilning 1 iyunidan boshlab Toshkent Moliya institutining yetakchi fakulteti sifatida kredit-iqtisod fakulteti o`z faoliyatini boshladi.
Kredit-iqtisod fakultetiga 1991-1995 yillarda T.T. Qoraliyev., 1996-2001yillarda E. Egamov, 2001-2004 yillarda M. Erkaboyev, 2004-2008 yillarda F. Bozorov, 2008 yildan boshlab hozirgi vaqtgacha dekan sifatida O.Sattarov rahbarlik qilib kelmoqda.
Hozirgi vaqtda fakultet tarkibida 4 ta kafedra mavjud bo`lib, ular: "Bank ishi" (i.f.n., dos. S.Norkobilov), "Banklarda buxgalteriya hisobi va audit" (i.f.n., prof. T.Qolaliyev), "O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti" (f.f.d., prof. Z.Davronov), "Mintaqaviy Iqtisodiyot" (i.f.n., dos. I.Abdulqosimov).
Fakultet kafedralarida 100 dan ortiq professor-o`qituvchi bo`lib, ular tarkibida 6 ta fan doktorlari va professorlar, 28 ta fan nomzodlari va dotsentlar, 24 ta katta o`qituvchi, 32 ta assistent va o`qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.
Fakultetda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi "Oliy ta`limni davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida" gi 343-sonli Qaroriga hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2002 yil 21-fevraldagi 54-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan va joriy etilgan Davlat ta`lim standartlari asosida bakalavr mutaxassislari tayyorlanmoqda.
Fakultetning tashabbusi bilan, uning bank muassasalariga kadrlarni tayyorlab berishni inobatga olgan holda institut tomonidan O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki hamda Respublikadagi 28 ga yaqin tijorat banklari bilan uzoq muddatli hamkorlik shartnomalari imzolangan. Ushbu shartnomalarga ko`ra O`zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayorlash Milliy dasturi" talablarini bajarish yuzasidan o`zaro manfaatli hamkorlik hamda kadrlarni tayyorlash va o`qitishni takomillashtirishga qaratilgan munosabatlar yo`lga qo`yilgan.
Manzil: O`zbekiston, Toshkent, Kichik halqa yo`li - 7 uy.
Telefon: (+ 998 71) 2347119
Web-site:http://kif.tfi.uz/
E-mail:cef@tfi.uz |