|

Fakultetning tashkil etilishi va tarkibi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 13 may 1991 yildagi Farmoniga asosan Toshkent Moliya instituti va uning tarkibida Moliya-iqtisod fakulteti tashkil qilingan.
Moliya-iqtisod fakulteti institutning etakchi fakultetlaridan biri bo’lib, unda dastlab "Moliya va kredit", "Korxonalar moliyasi" kabi mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlanardi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni yangi mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlashni ob’ektiv zarurligini keltirib chiqardi. Natijada fakultetda 1993 yildan boshlab "Soliqlar va soliqqa tortish", "Sug’urta ishi", "Qimmatli qogozlar va birja ishi" yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlashga kirishildi.
Prezidentimiz I.A. Karimovning taklifiga binoan 1998-1999 o’quv yilidan boshlab Moliya-iqtisod fakulteti qoshida "Loyihalarni moliyalashtirish" yo’nalishi ochildi.
Moliya-iqtisod fakultetida ma’naviy-ma’rifiy, o’quv, o’quv-uslubiy va ilmiy ishlar maxsus rejalar asosida olib boriladi.
Moliya-iqtisod fakulteti rivojlangan davlatlarning ko’pgina oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari o’rnatgan. Xususan, AQShning TEXAS Universiteti, Germaniyaning Manxeym Texnika Universiteti, Rossiyaning G.V. Plexanov nomidagi Iqtisodiyot akademiyasi, Rossiya Federatsiyasi hukumati qoshidagi Moliya akademiyasi va boshqalar.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. MIFda 70 ga yaqin professor-o’qituvchilar tasdiqlangan ish rejalari asosida talabalarga murabbiylik qilib, ular bilan "Ustoz-shogird" tamoyili asosida ish olib bormoqdalar. Ma’naviyat va ma’rifat xonasida doimiy ravishda talabalar bilan har xil dolzarb mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar olib boriladi. Fakultetda talabalar o’rtasida turli sport musobaqalari, Quvnoqlar va zukkolar tanlovlari, talabalar turar joyida “Eng yaxshi qavat”, “Eng yaxshi xona” ko’rik tanlovlari o’tkazib boriladi.
Fakultetda talabalarning normal yashashi, o’qishi va dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Talabalar ishtirokida Toshkent shahri va Respublikamizning diqqatga sazovor bo’lgan joylariga tashriflar uyushtirib turiladi.
Fakultet hayotidan lavhalar
Fakultetda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlardan asosiy maqsad talabalarda yuksak ma'naviy fazilatni kamol toptirish, ularda har tomonlama milliy mafkurani shakllantirish, talaba yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash bilan birga ularda nafaqat kasbiy, balki ma'naviy dunyoqarashni yanada yuksaltirishdir.
Fakultetda ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimli va sifatli tashkil etilgan bo'lib, 69 ta akademguruhlarda uztoz-murabbiylik faoliyatlari olib borilib, ular bilan "Ustoz-shogird" tamoyili asosida ish olib borilmoqda. Bu borada quyidagi yo'nalishlarda ishlar amalga oshirilmoqda:
- ma'naviy-marifiy, madaniy tadbirlar uyushtirib borish;
- 1-sonli talabalar turar joyida ma'naviy-marifiy, tarbiyaviy va axloqiy ishlarni amalga oshirib borish;
- Ustoz-murabbiylar bilan ishlash;
- Sport musobaqalarini tashkil etib borish;
- Ota-onalar bilan ishlash;
- Mahalla va boshqa ijtimoiy tashkilotlar bilan hamkorlik;
- Obodonlashtirish, xashar va tozalik ishlarini amalga oshirib borish;
- Jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish borasida turli tadbirlar uyushtirish;
- Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bo'yicha ishlar olib borish va boshqalar.
Fakultetda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yanada takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar:
- "Ustoz-shogird" tizimi asosida ta'lim tarbiyani yanada jonlantirish maqsadida "Institut-oila-mahalla" ta'lim-tarbiya tizimi yo'lga qo'yildi;
- Fakultetda Ta'lim-tarbiya maslahat Kengashi, Ota-onalar Kengashi tashkil etilib, unda talabalar va ota-onalar bilan muntazam ishlar olib borilmoqda;
- Fakultetdagi o'quv, ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni rag'batlantirish maqsadida o'quv yili yakuniga bag'ishlab "Moliya-iqtisod fakulteti kuni" tantanali tadbiri tashkil etish yo'lga qo'yildi. Bunda o'quv yilining "Eng namunali kafedra", "Eng namunali professor-o'qituvchi", "Eng namunali ayol o'qituvchi", "Eng namunali ustoz-murabbiy", "Eng namunali bitiruvchi talaba", "Yilning eng namunali iqtidorli talabasi", "Eng namunali talaba qiz", "Eng namunali guruh va guruh sardori", "Eng namunali Kamolot etakchisi" kabi yo'nalishlarda g'oliblar aniqlanib, ular maxsus diplom va sovg'alar bilan taqdirlanadilar.
Ma'naviyat va ma'rifat xonasida doimiy ravishda talabalar bilan har xil dolzarb mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar olib boriladi. Fakultetda talabalar o'rtasida turli sport musobaqalari, Quvnoqlar va zukkolar tanlovlari, talabalar turar joyida "Eng yaxshi qavat", "Eng yaxshi xona" ko'rik tanlovlari, o'tkazib borilmoqda. Fakultetda talabalarning o'qishi va dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Toshkent shahridagi diqqatga sazovor joylar, jumladan, "Temuriylar tarixi davlat muzeyi", "Tasviriy san'at galereyasi", "O'zbek milliy teatri", "UZEKSPOMARKAZ"dagi ko'rgazmalar, "JAR" sport kompleksi va "O'zbekiston" tennis kortidagi xalqaro musobaqalarga borishlari tez-tez tashkil etiladi. Yozgi ta'til davrida Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida joylashgan institutning dam olish maskanida talabalar, professor o'qituvchilar miriqib dam olishadi.
O’quv-uslubiy ishlar
Fakultetning etakchi olimlari tomonidan elektron darsliklar, darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar yaratilgan.
Fakultet professor-o’qituvchilari o’quv jarayonini olib borishda interaktiv metodlardan samarali foydalanishmoqda. Ayrim fanlar bo’yicha, xususan “Statistika”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Moliya”, “Davlat byudjeti” kabi fanlardan talabalar professor-o’qituvchini tanlab olish imkoniyatiga ega. Professor-o’qituvchilar va talabalar INTERNETdan keng foydalanishlari uchun sharoitlar yaratilgan. Masofadan turib o’qitish yo’lga qo’yilmoqda.
Fakultet dekanati, kafedralar va to’rtta auditoriya zamonaviy kompyuter vositalari bilan jihozlangan hamda ular institut lokal va u orqali Internet tarmog’iga ulangan.
Ilmiy-tadqiqot ishlari
Ilmiy izlanish ishlari tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. 2001-2007 yillar davomida fakultet o’qituvchilaridan A.Vohobov, D.G’ozibekov, N.Haydarov, M.Almardonov, A.Jo’raev, O.Kenjaboev, B.Toshmurodovalar o’z doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Shuningdek, o’tgan davr ichida Moliya-iqtisod fakulteti o’qituvchilaridan - N.Qo’zieva, B.Umarov, U.Burxonov, N.Jumaev, G.Qosimova, A.Allanazarov, O.Sobirov, Yo.Ilhomova, Q.Hoshimov, T.Boymuratov, A.Norqulov, Z.Karimova, E.Nosirov, D.Ho’jamqulov, J.Kudayberganov va Sh.Ahmadjonovlar nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. Hozirgi kunda fakultet o’qituvchilaridan 6 nafari doktorlik dissertatsiyasi ustida, 27 nafari nomzodlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqdalar.
Har yili fakultetda kadrlar iste’molchilari talabidan kelib chiqib, “Moliya” yo’nalishi bo’yicha 500 ga yaqin bakalavrlar tayyorlanadi. Moliya-iqtisod fakultetini bitirgan talabalar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi prokuraturasi huzuridagi Valyuta va soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasida va uning joylardagi bo’limlarida, O’zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo’mitasi, Tashqi Iqtisodiy faoliyat Milliy Banki va boshqa tijorat banklari, shuningdek ularning joylardagi bo’limlarida, Davlat hissadorlik va xususiy Sug’urta kompaniyalarida, mulkchilik shakli va faoliyat turidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritishlari mumkin.
Manzil: O`zbekiston, Toshkent, Niyozbek yo`li - 6.
Telefon: (+ 998 71) 1376598
E-mail: dekmif@tfi.uz |