|
Magistratura bo'limi tashkil etilishi va tarkibi:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 13 may 1991 yildagi Farmoniga asosan Toshkent Moliya instituti tashkil qilingan.
O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 12 iyul 342-sonli Qarori va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1999 yil 13 may “Magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlashga ruxsat berish haqida”gi 136-sonli buyrug’iga binoan, Toshkent Moliya instituti Magistraturasi institut rektorining 1999 yil 21 iyul 106-sonli buyrug’i bilan tashkil etilgan.
Magistraturada hozirgi kunda 547 ta magistrant tahsil olmoqda. Shundan 1 kursda 306 nafar, 2 kursda 241 nafar magistrantlar tahsil olmoqda.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha:
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar vazirlik hamda institut rektori tomonidan tasdiqlangan aniq reja, dastur asosida olib borilmoqda, bo’lg’usi magistr talabalarni barkamol inson sifatida tarbiyalash har bir ma’ruza va amaliy mashg’ulot darslarida o’z aksini topgan;
Magistrantlarni ma’naviy etuk inson sifatida tarbiyalash maqsadida o’quv jarayonida, talabalar uylarida, shaxsiy xonadon va ijarada yashovchi talabalar bilan doimiy ishlar olib borilmoqda;
Murabbiylik faoliyatining ustoz-shogird tizimiga tayangan holda professor-o’qituvchilar bilan talabalar o’rtasida muloqot darslari, badiiy, musiqiy va adabiy kechalar o’tkazilmoqda;
O’quv binosi va talabalar uylarida o’z-o’zini boshqarish tizimiga o’tish maqsadida doimiy navbatchilik, tashabbus guruhlari tashkil etilgan;
Kam ta’minlangan va boquvchisini yo’qotgan magistrantlarga doimiy g’amxo’rlik va ularni ma’naviy, moddiy hamda moliyaviy qo’llab-quvvatlash yuzasidan ishlar olib borilmoqda;
Yoshlarni diniy ekstremizm va turli oqimlar ta’siriga tushib qolmasliklari borasida mutassaddi va huquq tartibot idoralari xodimlari bilan suhbatlar tashkil etilmoqda;
Talabalar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida huquq-tartibot va tarbiyaga muhim ahamiyat berilmoqda;
Magistratura hududi yam-yashil maysalar bilan to’shalgan, gullar ekilgan va hududlar bo’yicha guruhlar taqsimoti belgilangan;
Shaxsiy xonadonda va ijarada yashovchi talabalar yashash manzillari ro’yxatga olingan va u erdagi sharoit va muhit doimiy nazoratga olingan;
Sport va sog’lomlashtirish ishlari bo’yicha har bir magitrant o’zi mustaqil tayyorgarlik va mashq olib boradi, ular ichida karate, kurash va boshqa sport turlari bo’yicha respublika va viloyat chempionlari bor. Ular haqidagi ma’lumotlar asosan magistrantlarning shaxsiy ish varaqasidan olingan;
Magistratura va talabalar uyida ommaviy nashrlarning 20 dan ziyodi gazeta va jurnallar olinmoqda, televidinie va radio tarmog’i doimiy ishlab turadi;
Markazlashgan tartibda turli sayyohatlar, muzey va teatrlarga ekskursiyalar tashkil etilmoqda;
Magistrantlar bilan doimiy ravishda turli ichki so’rovnomalar tashkil etilmoqda va ish samarasini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilanmoqda.
O'quv uslubiy ishlar:
Magistratura talabalarini tayyorlashda institut kafedralarining barcha etuk professor-o'qituvchilari mehnat olib borishadi. Magistraturada o'quv jarayoni tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Magistraturada mutaxassisliklarni o'qitish bo'yicha barcha o'quv-uslubiy qo'llanmalar institut kafedralari tomonidan to'liq yaratilgan.
Magistratura hududi va o'quv binosi zamonaviy dizayn va ko'rinishga ega bo'lib, o'quv jarayonini tashkillashtirishda barcha texnik vositalar, jumladan, kompyuter, multimedia, videoproektor va boshqa orgtexnik vositalar bilan jihozlangan hamda ular institutning lokal va global Internet tarmog'iga ulangan.
Magistratura axborot resurs markazi:
Magistratura bo'limida tayyorlanayotgan mutaxassisliklar bo'yicha jami 151 ta fan o'qitiladi. Ular o'quv-uslubiy adabiyotlar bilan asosan to'liq ta'minlangan. Mutaxassisliklar bo'yicha Davlat Ta'lim Standarti, Namunaviy va ishchi o'quv rejalari, hamda Na'munaviy va ishchi o'quv dasturlari tasdiqlangan va ular bilan barcha kafedralar to'liq ta'minlangan. O'qitiladigan barcha fanlar bo'yicha o'quv uslubiy komplekslar yaratilgan va ular har o'quv yili boshida yangilanib boradi.
Manzil: Toshkent sh. Chimboy ko’chasi 2-uy, 2-qavat.
Tel.: (+ 998 71) 246-25-82
E-mail: dekmag@tfi.uz |