Axmedov Xabibulla Najullaevich
Magistratura bo'limi boshlig'i
Iqtisod fanlar nomzodi, dotsent
1971 yilda Toshkent xalq xo’jaligi institutini tugatgan. 1974 yildan Toshkent xalq xo’jaligi institutining "Iqtisodiy nazariya" kafedrasining assistenti, katta o’qituvchisi va dotsenti lavozimida faoliyat olib bordi. 1982 yil “Iste’mol fondlarining taqsimlanish shakllari va ularning optimal munosabatlari mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvafaqqiyatli himoya qildi. 1991 yildan Toshkent Moliya instituti "Hisob-iqtisod" fakultetining dekan muovini, 1994 yildan Toshkent Moliya institutida tadbirkorlik ishlari bo’yicha rektor muovini, 1997 yildan Toshkent Moliya instituti "Umumiqtisodiy nazariya" kafedrasining dotsenti, 2000 yildan Toshkent Moliya instituti Magistraturasining direktor muovini va 2008 yildan Toshkent Moliya instituti Magistratura bo’limi boshlig’i lavozimida faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunda u “Ko’p ukladli tizimda xususiy ukladning tutgan o’rni va uni rivojlantirish muammolari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. |