Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDU.UZGOV.UZTMI Pochtasi
 Struktura > Fakultetlar > Magistratura bo'limi > Magistratura bo'limi boshlig'i muovinlari
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2010
Struktura
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Intranet
Norma Hamkor
Hamkorlar
Magistratura bo'limi boshlig'i muovinlari

Qo'ziev Islomjon Ne'matovich

Magistratura bo'limi boshlig'i muovini

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

1973 yilda Jizzax viloyati, Do'stlik tumanida tavallud topgan. 1995 yilda Toshkent Moliya institutini imtiyozli diplom Bilan muvoffaqiyatli tugatgan. 1995-1998 yillar davomida Toshkent Moliya instituti Magistraturasida taqsil oldi. 1999-2001 yillar davomida "Buxgalteriya hisobi va nazorat" kafedrasida assistent lavozimida ishladi. 2001 yilda "Paxtachilikda ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va nazoratini takomillashtirish" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2002-2005 yillar davomida "Audit" kafedrasida dotsent va Magistratura bo'limida bo'lim boshlig'i muovini lavozimida faoliyat ko'rsatdi. 2008 yil 2 oktyabrdan buyon Moliya-iqtisod fakultetida dekan muovini lavozimida faoliyat olib bormoqda.

U "Moliyaviy hisob", "Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari", "Schyotlar rejasini o'rganish bo'yicha metodik qo'llanma" kabi o'quv-uslubiy qo'llanmalar hammuallifidi. Xozirgi kunda "Moliyaviy hisobot auditini rivojlantirish muammolari" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.

 

Avloqulov Anvar Ziyadullaevich

Magistratura bo'limi boshlig'i muovini

iqtisod fanlar nomzodi, dotsent vazifasini bajaruvchi

2001 yilda Toshkent moliya instituti Hisob-iqtisod fakultetini, 2003 yilda Toshkent moliya instituti Magistratura bo'limi "Audit" mutaxassisligini tugatgan. 2003 yildan Toshkent moliya institutining "Audit" kafedrasining assistenti, katta o'qituvchisi va dotsent vazifasini bajaruvchisi lavozimida faoliyat olib bordi. 2007 yilda "Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida investitsion mulk hisobi va auditini takomillashtirish" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvafaqqiyatli himoya qildi. 2008 yil 2 sentyabrdan bo'yon Toshkent Moliya instituti Magistratura bo'limida ilmiy ishlar bo'yicha bo'lim boshlig'i muovini lavozimida faoliyat olib bormoqda. U "Buxgalteriya hisobi" darsligi, "Xalqaro audit tizimi", "Investitsiyalar auditi va baholash", "Moliyaviy hisob-2", "Moliyaviy hisobot" kabi bir nechta o'quv-uslubiy qo'llanmalar hammuallifidir.

© 1999-2009 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.