|
Fakultet shiori: Soliq va sug’urta sohasiga
etuk va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to’g’risida”gi Qonunlariga muvofiq ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda o’quv jarayonini boshqarishni yanada takomillashtirish maqsadida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasasining namunaviy tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to’g’risida”gi 2005 yil 3 fevraldagi 21-sonli buyrug’i, shuningdek, institut rektorining 2005 yil 27 avgustdagi 137-sonli buyrug’iga asosan 1993 yildan buyon Moliya-iqtisod fakultetida tayyorlanayotgan “Soliqlar va soliqqa tortish” va “Sug’urta ishi” yo’nalishlari negizida “Soliq va sug’urta ishi” fakulteti tashkil qilindi.
Soliq va sug’urta ishi fakulteti Rossiya Federatsiyasi Hukumati qoshidagi Moliya Akademiyasi, Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Akademiyasi, Moskva Davlat Universiteti, Sankt-Peterburg Moliya-iqtisod Universiteti, Germaniyaning Manxeym Universiteti, AQShning Texas A&M Universiteti, Xitoyning Shanxay Universiteti, Germaniya Garburg Informatsion texnologiyalar Universitetilari bilan o’zaro hamkorlik aloqalari o’rnatgan. Ushbu hamkorlik aloqalari samarasi o’laroq fakultet professor-o’qituvchilaridan A.Jo’raev 2003, 2005 yillarda Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Akademiyasida o’tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etdi. “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi katta o’qituvchilaridan A.Inoyatov va O.Shodievlar AQShning Texas A&M Universitetlarida 2004-2005 yillarda malaka oshirib qaytdilar. Fakultet professor-o’qituvchilari Jaxon banki, Evraziya fondi orqali uyushtirilayotgan ta’lim sohasidagi loyihalar bo’yicha Evropa va AQShning etakchi universitetlari bilan aloqalar o’rnatgan. Oxirgi 3 yil ichida fakultet professor-o’qituvchilaridan 40 ga yaqini rivojlangan xorijiy mamlakatlar va MDH davlatlarida malaka oshirib qaytdilar.
Fakultet dekanati va unga qarashli kafedralarning barchasi zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan bo’lib, ular institut lokal tarmog’i va u orqali INTERNETga ulangan. Shuningdek, institut saytida fakultetning sayti va elektron pochtasi ochilgan. Institut talabalari va professor-o’qituvchilari ulardan keng foydalanish imkoniyatiga ega.
Fakultet professor-o’qituvchilari tomonidan o’qitiladigan fanlar kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o’qitilmoqda.
Manzil: O`zbekiston, Toshkent, Saidova ko`chasi - 6.
Telefon: (+ 998 71) 2466636
E-mail: dekssi@tfi.uz |