Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDU.UZGOV.UZTMI Pochtasi
 Struktura > Fakultetlar > Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2010
Struktura
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Intranet
Norma Hamkor
Hamkorlar
Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 13 maydagi Farmoni bilan Toshkent Xalq Xo’jaligi institutining Moliya-kredit va hisob-iqtisod fakultetlari negizida 1991 yil 1 iyundan boshlab Toshkent Moliya instituti tashkil etildi.

Respublikamiz xalq-xo’jaligida bozor mexanizmining asosiy qismlaridan hisoblangan bank tizimi, soliq tizimi, moliya tizimini va boshqa xo’jalik sub’ektlarini malakali iqtisodchi kadrlar bilan ta’minlash maqsadida ikkinchi ixtisoslikka o’qitish tizimiga katta e’tibor berilmoqda.

Ushbu maqsadda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to’g’risida»gi qonunlarga, «Oliy ta’lim to’g’risida»gi Nizomga muvofiq ta’lim sifatini yanada yangi pog’onaga ko’tarish maqsadida institut tarkibida 2004 yil 30 yanvar Institut Ilmiy Kengashining № 6-sonli qarori va 2004 yil 3 fevraldagi institutning 24-sonli buyrug’iga asosan sirtqi bo’limda ikkinchi oliy ta’limning barcha yo’nalishlari negizida sirtqi «Umumiqtisod» fakulteti tashkil etildi.

Fakultetda jami 1302 talaba tahsil olmoqda. Fakultet talabalari Bank ishi, Buhgalteriya hisobi va audit, Sug’urta ishi va Biznesni boshqarish yonalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 343-sonli «Oliy ta’limni davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’grisida»gi qaroriga asosan, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2002 yil 21 fevraldagi 54-sonli buyrugi bilan tasdiqlangan va joriy etilgan Davlat ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan besh yillik o’quv rejalari asosida o’qitilmoqdalar.

Fakultetda tayyorlanadigan barcha bakalavr yo’nalishlari bo’yicha DTS, namunaviy va ishchi o’quv rejalari, hamda namunaviy va ishchi o’quv dasturlari mavjud. Fakultetda tayyorlanadigan barcha bakalavriat yo’nalishlarining 2008-2009 o’quv yili uchun ishlab chiqilgan ishchi o’quv rejalari institut ilmiy kengashida muhokama qilingan va tasdiqlangan (2008 yil 22 avgust).

Fakultet dekanati, kafedralar va ikkita o’quv xonasi zamonaviy kompyuter vositalari bilan jihozlangan hamda ular institutning local va global internet tarmog’iga ulangan. Qiroathonada esa barcha o’qitiladigan fanlar bo’yicha asosiy adabiyotlar mavjuddir.

Manzil: O`zbekiston, Toshkent, Chimboy - 2.

Tel.: (8 371) 246-62-13

E-mail: deksuif@tfi.uz

© 1999-2009 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.