Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDU.UZGOV.UZTMI Pochtasi
 Struktura > Raxbariyat > Rektor
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2010
Struktura
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Intranet
Norma Hamkor
Hamkorlar
Rektor

Vaxabov Alisher Vasikovichning

iqtisod fanlari doktori, professor

Vaxabov Alisher Vasikovich 1963 yil Toshkent viloyati Kalinin tumani Qatortol qishlog’ida xizmatchi oilasida tavallud topgan.

1980 yili Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 200-o’rta maktabni tugatib, Toshkent Davlat Universiteti Falsafa-iqtisod fakultetining “Iqtisodiyot” bo’limiga o’qishga kirdi. 1986 yili Toshkent Davlat Universitetini bitirib, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi taqsimoti bo’yicha Toshkent Xalq xo’jaligi institutining “Siyosiy iqtisod” kafedrasida assistent lavozimida ish faoliyatini boshladi. Toshkent Xalq xo’jaligi instituti bo’lingandan so’ng 1991 yildan Toshkent Moliya institutini “Siyosiy iqtisod” kafedrasida ish faoliyatini davom ettirib, “Qishloq joylarida sotsial muammolarni hal etishda nomoddiy jamg’arishni roli” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlab, “iqtisod fanlari nomzodi” ilmiy darajasini oldi. 1994 yildan boshlab “Siyosiy iqtisod” kafelrasi dotsenti bo’lib ishladi.

Ish faoliyati davomida jamoat ishlarida faol qatnashib, 1998 yil sentyabr oyida Soliq o’quv Markazining “Umumiqtisod” kafedrasi mudiri, 1999 yilda Toshkent Moliya instituti “Moliya-iqtisod” fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi va ko’rsatgan xizmatlari uchun “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim a’lochisi” ko’krak nishoni bilan mukofotlandi.

2001 yilda “Bozor munosabatlariga o’tish bosqichida ko’p ukladli iqtisodiyot va uni takror hosil bo’lishi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

2002 yil fevral oyidan boshlab Toshkent Moliya instituti Rektorining O’quv va uslubiy ishlar bo’yicha muovini lavozimida ishladi. Rektor muovini lavozimida olib borilayotgan o’quv-uslubiy ishlarning saviyasini yuqori darajaga ko’tardi.

Mustaqil respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tishi iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish oid 40 dan ortiq ilmiy maqolalar, 3ta o’quv qo’llanma chop etib, 2004 yilda professor ilmiy unvonini qo’lga kiritdi.

2004 yil Rossiya Tabiiy Fanlar Akademiyasini akademigi qilib saylandi.

Chet el mamlakatlarida 1996 yilda Moskvada, 1997 - Hindistonda, 2000 yilda AQShda tajriba almashib kelgan, 1996 va 2000 yillarda Jahon bankining iqtisodiy taraqqiyot institutida 2002 yilda Misr Bank institutida malaka oshirib keldi, 2002 yilda Yaponiya fondi hamda Malayziya universiteti va Koreyaning “Yonsei” universitetlari tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyo o’quv loyixasida ishtirok etdi.

Yuqoridagi xalqaro tajribalar va o’rnatilgan ishonchli aloqalar natijasida AQSh ning TEXAS A&M va Koreyaning Yodju Universitetlari bilan keng qamrovli hamkorlikka A.Vaxabov tomonidan asos solinib, mazkur universitetlar bilan TMI professor o’qituvchilarining malakasini, talabalarni bilimini oshirishga, hamda institutga o’quv jaryonini zamonaviy usulda tashkil etish uchun texnik yordam ko’rsatishga qaratilgan loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Vaxabov Alisher Vasikovich 2005 yil mart oyidan to hozirgi kungacha Toshkent Moliya instituti rektori lavozimida ishlab kelmoqda. Olgan bilimlari va tajribasi bilan O’zbekiston taraqqiyotining poydevori bo’lgan - barkamol avlod tarbiyasiga katta hissa qo’shmoqda.

Oilalik, 3 farzandi bor.
 

Bo'glanish uchun ma`lumot

Telefon: (+ 998 71) 2345334

E-mail: rektor@tfi.uz

© 1999-2009 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.