
Azimov Shuhrat Akramovich
Toshkent Moliya instituti ma'naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo'yicha prorektori.
1964 yil 2 sentyabrda tug'ilgan. Millati o'zbek. Ma'lumoti oliy. Geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
O'zbekiston Milliy Universiteti (sobiq Toshkent Davlat Universiteti) ning "Geografiya"fakultetini 1986 yilda tamomlagan. Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi "Geograf. O'qituvchi".
Sh.Azimov o'z pedagogik faoliyatini 1986 yilda Toshkent viloyati Toshkent tumani Keles shahri X.Olimjon nomli 12-o'rta maktab geografiya o'qituvchisi lavozimidan boshlagan. 1988-1991 yillar oralig'ida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi geografiya bo'limi aspiranturasida tahsil olgan. 1992 yilda "Chorbog' suv ombori. Iqtisodiy geografik tadqiqot" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1991-1997 yillar mobaynida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi geografiya bo'limida kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodim va bo'lim mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan. 1997 yildan 2002 yilga qadar Toshkent moliya instituti "Iqtisodiy geografiya va ekologiya" kafedrasi dotsenti, 2002 yildan mazkur kafedra mudiri lavozimida ishlab keldi.
O'tgan davrda Sh.Azimov faol jamoatchi sifatida kafedra, fakultet va institutning o'quv, ilmiy va ma'naviy-ma'rifiy ishlarida o'zini iqtidorli olim, talabchan xodim sifatida namoyon qildi. 2007 yilning noyabr oyidan boshlab Sh.Azimov institut ma'naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo'yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda. Shuxrat Akromovich tashkilotchi rahbar, talabalar va xodimlar hayoti va faoliyati uchun jon kuydiruvchi insondir.
U O'zbekiston Respublikasida qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" talablari asosida etuk mutaxassislarni shakllantirish, ularning ma'naviyatini yanada yuksaltirish, ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, institut jamoasi va talabalari o'rtasida keng qamrovli ma'naviy-ma'rifiy ishlarni samarali olib borish orqali O'zbekiston taraqqiyotining poydevori bo'lgan - barkamol avlod tarbiyasiga katta hissa qo'shmoqda.
Sh.Azimovning institutdagi ma'naviy-ma'rifiy-tarbiyaviy ishlarni tizimli asosda tashkil qilish, pedagog jamoaning bu jarayondagi faolligi va ishtiroki samaradorligini oshirish, talabalar turar joylaridagi o'z-o'zini boshqarish tizimi faoliyati takomillashuvi va ta'sirchanligini ta'minlash borasidagi izlanish va sa'yi harakatlari natijasida bu borada olib borilayotgan faoliyat samaradorligi sezilarli darajada oshdi.
Sh.Azimov ilmiy - amaliy - uslubiy izlanishlarni samarali olib bormoqda. Pedagog - olim tomonidan bugungi kunga qadar 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqola, 10 dan ziyod o'quv-uslubiy qo'llanma, 2 ta darslik chop ettirilgan. Uning bevosita tashabbusi va muallifligida o'rta umumta'lim maktablarining 10-sinflari hamda akademik litseylar va kasb- hunar kollejlari uchun mazmunan yangi "Amaliy geografiya" darsligi yaratilib o'quv jarayoniga tadbiq etilgan.
Uning muallifligida yaratilgan "Amaliy geografiya " darsligi hamda "O'zbekiston geografik atlasi" ilmiy - uslubiy qo'llanmasi 2003 yilda O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi tomonidan o'tkazilgan tanlovda "Eng yaxshi ilmiy ishlanma" deya tan olingan va laureatlik nishoni bilan taqdirlangan.
Sh.Azimov yuqori malakali mutaxassislar etkazib berishda ham o'zining munosib hissasini qo'shib kelmoqda. Uning bevosita ilmiy rahbarligida 4 nafar fan nomzodlari etishib chiqqan. Ayni paytda u "Mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishning metodologik asoslari" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Bo'glanish uchun ma`lumot
Telefon: (+ 998 71) 2343204
E-mail: promm@tfi.uz |