Mavlon Erkaboevich Erkaboev
iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
2006 yilda O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi arafasida “Mustaqillik” ko’krak nishoni bilan mukofotlangan. Umumiy mehnat staji 42 yil, pedagogik staji 28 yil, mazkur vazifada 2004 yildan buyon ishlab kelmoqda.
1978 yilda Moskva shahrida iqtisod fanlari doktori, professor G.Ruskov rahbarligida “Paxtachilikni rentabilligini oshirish yo’llari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
U 1 ta darslik, 3 ta o’quv-qo’llanma va 15 dan ortiq ilmiy maqola muallifi. 2003 yilda Oliy va o’rta maxsus vazirligining 2 ta faxriy yorlig’i bilan taqdirlangan.
M.Erkaboev prorektor sifatida quyidagi ishlarni amalga oshirdi.
Xususan, o’z xizmat vazifasini bajarish jarayonida institutdagi moliyaviy barqarorlikni to’liq ta’minladi. 2004, 2005 va 2006 yillarda smeta xarajatlaridan 720 million so’m mablag’ni tejash hisobiga “Yoshlik” talabalar shaharchasi hududidagi 2 ta talabalar turar joyini kapital ta’mirladi hamda mazkur xududda zamonaviy sport-sog’lomlashtirish majmuasini qurib ishga tushirdi. Talabalar shaharchasini rekonstruktsiya qilish hamda “Universiada-2007” sport musobaqalariga tayyorgarlik munosabati bilan institut tasarrufidagi 1 va 2-sonli talabalar turar joylarini to’liq ta’mirdan chiqarish hamda talabalar turar joylaridagi oshxonalarning barchasini zamonaviy gaz plitalari, yangi stol-stullar bilan jihozlash, issiq va sovuq suv tarmog’i, sanitariya jihozlari bilan ta’minlash va yong’in xavfsizligi talablariga amal qilinishini talab darajasida yo’lga qo’yish ishlari M.Erkaboevning bevosita rahbarligida amalga oshirildi.
2007-2008 o’quv yiliga tayyorgarlik ishlarini 2007 yilning may oyidan boshlab sentyabr oyiga qadar, Kichik xalqa yo’li 7 uydagi bosh binoda zamon talabiga javob beradigan darajadagi ta’mirlash va jihozlash ishlari amalga oshirildi. Bu ishlar institut rahbariyati hamda M.Erkaboevning sayi-harakatlari natijasida institutning byudjetdan tashqari mablag’i va homiylar ko’rsatgan yordam hisobidan amalga oshirildi. Barcha auditoriyalar zamonaviy parta va stullar bilan to’liq jihozlandi.
Institut professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlarining madaniy dam olishlarini tashkil qilish borasida M.Erkaboev ishtirokida Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi “Moliyachi” oromgohida barcha qulay sharoitlar yaratildi, mazkur hududga borish yo’llari ta’mirlanib, hudud obodonlashtirildi.
Institut professor-o’qituvchi va xodimlarini yil davomida moddiy rag’batlantirishi borasida sarflanayotgan 473 million so’m miqdoridagi mablag’ ham bevosita M.Erkaboevning iqtisodiy jarayondagi tejamkorligi va ishbilarmonligi natijasida amalga oshirilib kelinmoqda.
M.Erkabev o’z sohasining bilimdoni bo’lgan mohir iqtisodchi, talabachan rahbar, to’g’riso’z, qat’iyatli, institut jamoasi hayoti va faoliyati uchun jon kuydiruvchi inson.
Bo'glanish uchun ma`lumot:
Telefon: (+ 998 71) 2344589
E-mail: proep@tfi.uz |