Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Qo'mita (bo'lim) nomi: Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Institut Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi (BKUQ) Institut Nizomi va tarkibiy tuzilishiga asosan 1991 yilda tashkil etilgan.
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi tashkil etilgan kundan boshlab jamoa a'zolarinig umumiy yig'ilishida kasaba uyushmasining raisi saylangan. 1991-2006 yillar mobaynida S.X. Ablyatifov, M.Erkaboev va I.A.Navruzovlar kasaba uyushmasi a'zolarining huquq va manfaatlarini ta'minlash borasida muayan ishlarni amalga oshirib keldilar. 2006 yil 18 dekabr kuni Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasining navbatdan tashqari Plenumi bo'lib o'tdi. Plenumda tashkiliy masala ko'rib chiqildi va O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan xalq maorifi xodimi, professor Z.Yuldashev Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi etib saylandi.
 
Hozirgi kunda institut BKUQsi Nizom, O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari Markaziy kengashi Nizomi hamda yuqori tashkilot buyruqlari asosida institut ma'muriyati bilan hamkorlikda faolyait ko'rsatib kelmoqda. Institut BKUQsi tarkibida bo'lim, kafedra, fakultet va akademguruhlar bo'yicha jami 326 ta boshlang'ich kasaba uyushma tashkilotlari va 7 ta doimiy komissiyalari mavjud. Ular o'z ishlarini tasdiqlangan reja asosida olib boradilar.
 
Institut ma'muriyati bilan BKUQsi o'rtasida jamoa a'zolarining ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan bir qator me'yoriy xujjatlar qabul qilingan. Xususan, Jamoa shartnomasi, Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida Nizom, institutning Ichki o'quv va mehnat tartibi qoidalari va boshqa xujjatlar shular jumlasidandir.
Hozirgi kunda institutda faoliyat yuritayotgan professor-o'qituvchi, ishchi-xodim va ta'lim olayotgan talabalardan iborat bo'lgan kasaba uyushmasi a'zolari soni jami 6722 nafarni tashkil etadi.
Hozirgi kunda Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasida quyidagi xodimlar faoliyat ko'rsatib kelmoqda:
| № |
Ismi, sharifi |
Lavozimi |
| 1. |
Yuldashev Z. |
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi |
| 2. |
Xatipova F. |
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi bosh buxgalteri |
| 3. |
Abdullaev O. |
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi o'rinbosari |
| 4. |
Abiyrov O. |
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi xodimi, tashkilotchi |
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasining tarkibiy tuzilishi quyidagi chizmada keltirilgan:
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI BIRLASHGAN KASABA UYUSHMASI QO'MITASI TARKIBIY TUZILISHI
Amalga oshirilayotgan tadbirlar:
BKUQ va institut rektorati hamkorligida har yili kasaba uyushmasining tasdiqlangan ish rejasi asosida institutning ma'naviyat-ma'rifat xonasi, faollar zali, talabalar turar joylari va kafedralarda quyidagi yo'nalishlar bo'yicha doimiy ravishda bayram tadbirlari, davra suxbatlari, uchrashuvlar va ilmiy-amaliy konferentsiyalar o'tkazilib kelinadi:
- Madaniy-ma'rifiy tadbirlar;
- Ommaviy sport tadbirlari;
- Ijtimoiy himoya ishlari;
- Sog'loshlashtirish ishlari;
- Kasaba uyushmasi faollarini moddiy rag'batlantirish.
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasining bosh maqsadi:
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasining bosh maqsadi, kasaba uyushmasi a'zolarining mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy, intelektual huquq va manfaatlarini muhofaza qilishda harakat birligini amalga oshirishdir.
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi vazifalari:
Millati, jinsi, yoshi va diniy e'tiqodidan qat'iy nazar kasaba uyushma a'zosining mehnat qilish, ishni, kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoiti yaratilib berishi va
- ishsizlikdan himoya qilinishga doir konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishiga;
- Ish bilan ta'minlanganlik eng yuqori darajada bo'lishiga, daromadlar oshirilishiga va mulkiy tabaqalanish darajasini kamaytirilishiga;
- Mehnatga haq to'lash va mehnat rejimining ijtimoiy adolatli tizimini joriy etilishiga;
- Xodimlar va ularning oila a'zolarini sog'lomlashtirish, jismoniy tarbiyani rivojlantirish uchun baza yaratilishi va mablag' ajratilishiga;
- Ijtimoiy muloqot hamda ishjtimoiy sherikchilikka yo'l qo'yish, jamoa muzokaralarini tashkil qilish, jamoa shartnomalari va bitimlari tuzilishiga, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirilishiga;
- Davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlash, mehnatkashlarning mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan qonun hamda boshqa me'yoriy xujjatlar qabul qilinishiga, barqarorlik, hamjihatlik va fuqarolar totuvligini saqlab qolishga erishishga intiladilar.
Kasaba uyushma a'zosi:
- Mehnat munosabatlariga oid masalalar yuzasidan mulk shakllaridan qat'iy nazar davlat, sud va xo'jalik organlarida kasaba uyushmasining huquqiy yordamini olish;
- Kasaba uyushmasi organlariga saylash va saylanish;
- Kasaba uyushmasining tadbirlarida ishtirok etish, o'z fikrini erkin bayon qilish, o'z faoliyati va xulq atvoriga taalluqli masala ko'rib chiqilayotgan majlislar, yig'ilishlar, konferentsiyalarda shaxsan ishtirok etish;
- Yuqori kasaba uyushma organlariga murojaat etish;
- Kasaba uyushmalari sihatgohlari, kurortlari, sanatoriy-profilaktoriylari, dam olish uchun imtiyozli tariflar bo'yicha yo'llanmalar olish, kasaba uyushmalari madaniyat muassasalari, sport inshootlaridan foydalanish huquqiga ega.
Kasaba uyushma a'zosi:
- Ustav talabalarini va kasaba uyushmalari organlarining qarorlarini bajarishga;
- Boshlang'iya kasaba uyushma tashkiloti faoliyatida ishtirok etishga;
- Jamoa shartnomalari va bitimlar bo'yicha majburiyatlar bajarilishiga ko'maklashishga;
- A'zolik badallarini to'lab borishga majburdir.
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi:

Yuldashev Zokir
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan maorif xodimi, professor.
Bog'lanish uchun ma'lumotlar:
- Qo'mita (bo'lim) manzili: Kichik halqa yo'li ko'chasi, 7 uy
- Qo'mita (bo'lim) telefon raqamlari: 150-18-23
- Qo'mita (bo'lim) elektron pochta manzili: yo'q
- Qo'mita (bo'lim) hayotidan fotolavhalar: elektron shaklda ilova qilinadi.
- Qo'mita (bo'lim) ish tartibi: Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasining ish tartibi soat 9:00 dan 17:00 gacha.
|