Harbiy imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

QARORI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-sonli qaroriga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 14-son, 218-modda)

Harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rgan abiturientlar mehnatini rag‘batlantirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012 yil, № 22, 242- modda) 1-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«1. 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar barcha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladilar».

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N.Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017 yil 4 aprel,

PQ-2867-son

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom


Hujjat ochilmadimi? Yuklab oling


Hujjat ochilmadimi? Yuklab oling

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…