Me'yoriy hujjatlar

 
 

Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • Rektor nomiga ariza;
  • O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asli;
  • 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • 3,5x4,5 sm hajmdagi 6 ta rasm.
  • Pasportning nusxasi;

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlar tegishli tavsiyanomani ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 20-iyulgacha taqdim etishlari shart, aks holda undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.

Abiturient hujjatlarining to‘liqligi tekshirilgandan so‘ng web-kamera orqali suratga tushiriladi va hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etiladi. Ushbu surat abiturientlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi. Suratga tushmagan abiturientning hujjatlari qabul qilinmaydi.

Qayd etilgan talablar abiturientlar tomonidan bajarilganda ularning hujjatlari qabul qilib olinadi va qabul qilinganligi to‘g‘risida tilxat beriladi.

Abiturientlar quyidagi fanlar bo‘yicha test sinovlari topshiradilar:

  • Matematika (informatika)
  • Chet tili
  • Ona tili va adabiyoti 

"Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 393- sonli qarori

 
Hujjat ochilmadimi? Yuklab oling

"2017/2018-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida"gi PQ 2955-sonli qarori


Hujjat ochilmadimi? Yuklab oling

Test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom


Hujjat ochilmadimi? Yuklab oling

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…