Dissertatsiya

Doktorlik dissertatsiyasiga qo‘yiladigan talablar

Dissertatsiya — muallif tomonidan shaxsan olib borilgan, tadqiqot mohiyati tegishli talablarga javob bergan, tugallangan va mazmunan yaxlit ilmiy ish sifatida ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda asoslab berilgan qo‘lyozma huquqiga ega bo‘lgan ilmiy asar.

Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya:

- talabgor o‘tkazgan tadqiqotlar va u yaratgan ishlanmalar asosida muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik dolzarb ilmiy yoki amaliy muammo hal qilingan;

- tegishli fan sohasining istiqbolli yo‘nalishini rivojlantirishda ma’lum bir yutuq deb baholash mumkin bo‘lgan yangi nazariy qoidalar majmui ishlab chiqilgan;

- joriy etilishi fan, texnikani rivojlantirishga hamda ijtimoiy-siyosiy sohani va iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilishga hissa qo‘shadigan ilmiy asoslangan yechimlar o‘z ifodasini topgan yuqori malakaviy ilmiy asar bo‘lishi kerak.

Dissertatsiya talabgor tomonidan shaxsan tayyorlangan, oshkora himoya uchun ilmiy jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilayotgan yangi ilmiy holatlar va amaliy natijalarning majmuini o‘z ichiga olgan, mohiyati jihatidan ichki birlikka ega mazmunan yaxlit va tugallangan bo‘lishi hamda talabgorning shaxsan fanga qo‘shgan hissasini aks ettirishi lozim.

Dissertatsiya kirish qismi, kamida to‘rtta bob, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan shaklda rasmiylashtiriladi.
Dissertatsiyaning matni 200 sahifadan oshmasligi kerak. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi dissertatsiya hajmi ko‘pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…