1

Malikov Tohir Sattorovich

Iqtisod fanlari doktori, professor

Professor Tohir Sattorovich Malikov “Moliya” yo‘nalishida ilmiy maktab yaratgan yetakchi iqtisodchi olimlardan biri hisoblanadi. Ushbu yirik maktabda professor T.S.Malikov 4 ta fan doktori va 23 ta fan nomzodiga ilmiy rahbarlik va maslahatchilik qilib, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

1

Jo‘rayev Toshbolta To‘xtayevich

Iqtisod fanlari doktori, professor

Professor Jo‘rayev Toshbolta To‘xtayevich “Iqtisodiyot nazariyasi” yo‘nalishidagi ilmiy maktab yaratgan yetakchi iqtisodchi olim hisoblanadi. Ushbu yurik maktabda professor, T.T.Jo‘rayev 4 ta fan nomzodiga ilmiy rahbarlik qilib, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Hozirgi kunda o‘ndan ortiq katta ilmiy-tadqiqotchi izlanuvchi va mustaqil tadqiqotchilar doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda, Uning rahbarligida 5 ta davlat granti loyihasi doirasida tadqiqot ishlari amalga oshirilgan va ko‘plab xo‘jalik shartnomalari bajarilgan.T.Jo‘rayev iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha iqtidorli olim, Respublika va xalqaro miqyosida juda ko‘plab ilmiy maqolalar, monografiyalar, uslubiy qo‘llanma va darsliklar chop ettirgan. U “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan 6 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta monografiya, 5 ta ilmiy risola, 150 dan ortiq ilmiy maqola, ma’ruza tezislari va uslubiy qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi. U iqtisodiyot nazariyasining zamonaviy muammolarini, shu jumladan, asosiy ishlab chiqarish fondlari, iqtisodiy-tabiiy va mehnat resurslaridan unumli, samarali foydalanish masalalarini chuqur tadqiq etgan. Shuningdek, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lgan iqtisodiy resurlardan tejamkorlik asosida oqilona foydalanishning nazariy jihatlari va ustuvor yo‘nalishlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy ishlarini e’lon qilgan. T.T.Jo‘rayev talabalar uchun “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligini va o‘quv hamda uslubiy qo‘llanmalarining ham muallifidir. Uning nashr ettirgan “Iqtisodiyot nazariyasi (ko‘rgazmali va tarqatma materiallar” mavzusidagi o‘quv qo‘llanmasi 2013 yilda ijtimoiy-gumanitar fanlari bo‘yicha eng yaxshi darslik va o‘quv qo‘llanmalari nominatsiyasi bo‘yicha respublika tanlovida faxrli ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. T.Jo‘rayev oliy malakali iqtisodchi kadrlar tayyorlash, “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan o‘quv adabiyotlar yaratish borasidagi xizmatlari uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim a’lochisi” nishoni bilan taqdirlangan.
1

Xaydarov Nizamiddin Xamrayevich

Iqtisod fanlari doktori, professor

Xaydarov Nizamiddin Xamrayevich 1962 yilda tug‘ilgan. 1988 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutining “Moliya va kredit” mutaxassisligini tamomlagan. 1993 yilda «Finansovoye obespecheniye investitsionnoy deyatelnosti predpriyatiya» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini Sankt-Peterburg Iqtisod va moliya universitetida himoya qilgan.

1

Nabiyev Elshod G`aniyevich

Iqtisod fanlari doktori, professor.

Nabiyev Elshod G`aniyevich 1952 yilda tug‘ilgan. 1974 й. Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 1982 yilda nomzodlik va 1995 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2001-2006 yillarda O`zbekiston Milliy ensiklopediyasi Bosh tahrir hay`ti a`zosi bo`lgan. U xozirga qadar 1 nafar fan doktori va 5 nafar fan nomzodini tayyorlab, respublikamizda ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga o`zini munosib xissasini qo`shib kelmoqda.

 

1

Ayupov Ravshan Xamdamovich

Texnika fanlari doktori, professor

Professor Ayupov Ravshan Xamdamovich "Axborot-kommunikatsion texnologiyalar" bo‘yicha yetakchi olim hisoblanadi. Professor o‘z mehnat faoliyati davomida 1 ta fan doktori va 2 ta fan nomzodiga ilmiy rahbarlik qilib, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashga o‘z xissasini qo‘shmoqda.

1

Abdullayeva Sharbat Zulpikarovna

Iqtisod fanlari doktori, professor

Professor Sharbat Zulpikarovna Abdullayeva O’zbekiston respublikasida “Moliya, rul muomalasi va kredit ” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy va metodik - uslubiy yo‘nalish maktabini yaratgan olimlardan hisoblanadi. Mazkur ilmiy , uslubiy –metodik maktabda prof. Sh.Z. Abdullayeva rahbarligi ostida o‘nlab olimlar –fan doktorlari va nomzodlari, respublika bank-moliya tizimi uchun minglab malakali kadrlar tayyorlanib kelinmoqda.

1

Shoha’zamiy Shohmansur Shohnazir o‘g‘li

Iqtisod fanlari doktori, professor

Professor Shoha’zamiy Shohmansur Shohnazir o‘g‘li “Baholash ishi” yo‘nalishidagi ilmiy maktab yaratgan yetakchi iqtisodchi olim hisoblanadi.

1

Hamdamov Bahrom Kasimovich

Iqtisod fanlari doktori, professor

Professor Hamdamov Bahrom Kasimovich “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” yo‘nalishidagi yetakchi iqtisodchi olim hisoblanadi. Uning raxbarligida bitta fan nomzodi va 40dan ortiq magistrlar tayyorlangan. Hozirgi kunda beshta katta ilmiy xodim – izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyasiga ilmiy maslaxatchilik qilib pedaogik kadrlar tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

1

Kenjabayev Aman Turgunovich

Iqtisod fanlari doktori, professor

ProfessorAman Turgunovich Kenjabayev axborot-kommunikatsiya va internet texnologiyalarini (AKIT) iqtisodiyotning real sektoriga qo‘llashning ilmiy uslubiy asoslarini ishlab chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy ish olib borayotgan yetakchi iqtisodchi olimlardan biri hisoblanadi. U 2015 yildan Xalqaro injenerlar akademiyasining muxbir a’zosi. Uning rahbarligida 2 ta fan nomzodi tayyorlanib, ayni paytda 3ta fan doktoriga ilmiy maslahatchi qilib biriktirilgan.

1

Habibullayev Ibrohim Habibullayevich

Texnika fanlari doktori, professor

Profesor Ibrohim Habibullayevich Xabibullayev “Yer osti suvlari harakati” jarayonlarini matematik modellashtirish va “Iqtisodiyotda matematik statistik usullar” yo‘nalishidagi ilmiy maktab yaratgan olim hisoblanadi. Ushbu maktablarda professor I.H.Xabibullayev 1ta fan doktori, 4ta fan nomzodiga ilmiy rahbarlik qilib ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…