Innovatsion faoliyat

Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar IX-Respublika yarmarkasi

Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar IX-Respublika yarmarkalarida ishtorok etish, shartnomalar tuzish boyicha faoliyat.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 йил  6 fevraldagi 60-sonli buyrug’i hamda Toshkent moliya Instituti rektorining 2016 йил 11 fevraldagi 54-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Markaz tomonidan Institut kafedralari bilan birgalikda joriy o’quv yilida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, mart-aprel oylarida yoshlarda ijodiy tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida “Innovatsion g’oyalar” nomli Institut miqyosida ko’rik tanlovi o’tkazildi.

 Unda Ta’lim, fan ва ishlab chiqarish innovatsion hamkorlik Маrkazi” hamkorligida barcha fakultetlardan jami 200 nafar talaba va 40 nafardan ortiq professor-o’qitivchilar, ilmiy xodim-izlanuvchilar o’zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Ulardan g’olib deb topilgan eng yaxshi mahsulotlar saralab olinib, belgilangan tartibda Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar hududiy hamda Respublika yarmaralarida mahsulotlar bilan ishtirok etishlari uchun tavsiyalar berildi.

Xususan, joriy yilning 22 аprelida Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar taqdimotlari hududiy ko’rgazmasida 8 ta mahsulot bilan jami 18 nafar talaba va 1 nafar katta ilmiy xodim ishtirok etdi. G’olib deb topilgan mahsulot mualliflariga va Ta’lim, fan ва ishlab chiqarish innovatsion hamkorlik Маrkazi”ga Тоshkent shahar hokimiyati rahbariyati hamda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirihs qo’mitasi ijro apparati rahbariyati tomonidan imzolangan diplomlar berildi. G’оliblargа Respublika bosqichida ishtorok etish uchun yo’llanma berildi.

Shuningdek, joriy yilning 11-13 may kunlari IX Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida 8 ta mahsulot bilan jami 18 nafar talaba va 1 nafar katta ilmiy xodim ishtirok etdi. G’olib deb topilgan mahsulot mualliflariga O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati tomonidan imzolangan diplomlar berildi.

Shu bilan birga, 1 nafar katta ilmiy xodim izlanuvchi, jumladan “Moliyaviy menejment” kаfеdrаsidаn Qurbonov Javlonbek Jurabekovichga O’zbekiston Respublikasi intellectual mulk agentligi tomonidan – “Intellekt tezkor savol-javob  elektron dastur”, “Коrроrаtiv моliya fanidan elektron darslik yaratganligi uchun № DGU 03695 patent berildi.

 

O’z navbatida, joriy yilning 11-13 may kunlari IX Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida Institut miqyosida Markaz hamkorligida barcha kafedralar ishtirokida xojalik yurituvchi subyektlar bilan jami 211,2 mln. som miqdorida 56 ta shartnoma imzolandi.

Jumladan, “Chet tillari” kafedrasi 20 mln. so’m miqdorida, “Bank ishi” kafedrasi 14 mln. so’m, “Informatsion-kommunikatsion texnologiyalar” kafedrasi 14 mln. so’m, “Moliyaviy menejment” kafedrasi 12,7 mln. so’m, “Menejment va marketing” kafedrasi 12 mln. so’m, “Moliya” kafedrasi 11,5 mln. so’m, “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi 10 mln. so’m, “Sug’urta ishi” kafedrasi 10 mln. so’m, “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi tomonidan 9,5 mln. so’m miqdorida sahrtnomalar imzolandi. Shunigdek, boshqa kafedralar tomonidan ham innovatsion hamkorlik yo’nalishida katta miqdorda shartnomalar imzolandi.

Tuzilgan shartnomalar bo’yicha pul mablag’lari Institut hisob raqamiga bosqichma-bosqich kelib tushmoqda. Jumladan, “Marketing va menejment” kafedrasi tomonidan Innovatsion xizmatlarni ko’rsatish yuxasidan  "Afshona invest" MCHJ bilan tuzilgan shartnoma bo’yicha Institut hisob raqamiga 4 mln. so’m mablag’ kelib tushdi. Xususan, “O’zbek va rus tillari” kafedrasi tomonidan O’zaro hamkorlik qilish yuzasidan innovatsion tadbirlarni o’tkazish yuzasidan “Grant insurance group" MCHJ bilan tuzilgan shartnoma bo’yicha Institut hisob raqamiga  4 mln. so’m mablag’ kelib tushdi. Boshqa kafedralar tomonidan ham imzolangan shartnomalar bo’yicha pul mablag’larini Institut hisob raqamiga bosqichma-bosqich tushirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar X-Respublika yarmarkasi

Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar X-Respublika yarmarkalarida ishtorok etish, shartnomalar tuzish boyicha faoliyat.

2017-yilning 10-12-mart kunlari Toshkentda navbatdagi “X-Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” respublika yarmarkasi tashkil etildi. Unda turli tovar ishlab chiqaruvchilar, oily o‘quv yurtlari va qiziquvchilar qatnashdilar.

1

Toshkent moliya institutining professor-o‘qitivchilari, tadqiqotchilari va talabalari ushbu ko‘rgazmada faol ishtirok etdilar. TMI tomonidan moliyaviy sohaga oid turli innovatsion adabiyotlar hamda 7 ta yangi ishlanma ko‘rgazmaga qo‘yildi. Ishlanmalar va adabiyotlar nomi quyidagi jadvalda keltirilgan.

Jadval

Ishlanma va adabiyotlar ro‘yxati

Nomi Mahsulot turi Mualliflar
Korxonalar moliyaviy hisoboti shakllari tahlili Dasturiy ta’minot

B.Hakimov

I.Ochilov

Bankrotlikni bashoratlashning ko‘p omilli tahlili Dasturiy ta’minot

B.Hakimov

N.Mavlonov

Korxonalarning investitsion jozibadorligini aniqlash Dasturiy ta’minot I.Choriev
My teacher nomli dastur Dasturiy ta’minot N.Shoislomova
Marketing Electron darslik X.Asatullaev
Menejment Electron darslik X.Asatullaev
Moliyaviy menejment Electron darslik J.Kurbanov
va boshqalar…..

2

Mazkur ko‘rgazma davomida TMI vakillari tomonidan qiziquvchilar bilan fikr almashuvlar amalga oshirildi. Fikr almashuvlar natijasida ishtirokchilar o‘zaro kelishib turli yo‘nalishdagi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishni belgilab oldilar.

3

Ushbu yarmarkada namoyish etilgan TMI ishlanlamalari va adabiyotlari uchun ko‘rgazma tashkilotchilari, xususan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati tomonidan imzolangan diplomlar berildi.

5

O‘z navbatida, joriy yilning 11-12 may kunlari X - Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida Institut miqyosida Markaz hamkorligida barcha kafedralar ishtirokida xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan jami 300,5 mln. so‘m miqdorida 59 ta shartnoma imzolandi. Tuzilgan shartnomalar bo‘yicha pul mablag‘lari Institut hisob raqamiga bosqichma-bosqich kelib tushmoqda.

Oliy ta'lim, fan va ishlab chiqrish innovatsion hamkorlik

Toshkent moliya instituti Ta’lim, fan ва ishlab chiqarish innovatsion hamkorlik Маrkazining 2015-2016 o’quv yilidagi faoliyati

Toshkent moliya institutining “Ta’lim, fan ва ishlab chiqarish innovatsion hamkorlik Маrkazi” Institutning o’quv-ilmiy-innovatsion bo’linmasi hisoblanadi. Маrkаz O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 noyabrdagi 47-sonli majlis bayonnomasi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 йил 12 noyabrdagi 448-sonli buyrug’i, shuningdek Institut rektorining 2015 йил 19 noyabrdagi 445-sonli buyrug’iga muvofiq tashkil etilgan.

O’z navbatida, Маrkаz O’zbekiston Respublikasining “Та’lim to’g’risidа” va Каdrlar tayyorlash Milliy dasturi to’g’risidagi qoninlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi “Ishlab chiqarishga innovatsion loyihalar va texnologiyalarni tatbiq etishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi      PQ-916-sonli Qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 noyabrdagi 47-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim, fan ва ishlab chiqarish innovatsion hamkorlikni tashkil etish” Nizomi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari hamda mazkur Nizom аsоsida faoliyat olib bormoqda.

Маrkаzning аsosiy maqsadi mamlakat fan-texnika taraqqiyotining strategik  dasturlariga muvofiq fan, ta’lim va ishlab chiqarishni innovatsion rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, Institutnig iqtisodiyot tarmoq va sohalariga biznes strategiyalar, texnologiyalar va istiqbolli innovatsion yutuqlarni samarali transfer qilish yoki tatbiq etilishini ta’minlovchi milliy innovatsion soha ishtirokchilari bilan o’zaro munosabatlar tizimini rivojlantirishdan iborat.

Маrkаzda uning tashkiliy tuzilmasiga muvofiq direktor va ikkita xodim faoliyat yuritib kelmoqda. Shu bilan birga Markaz Institut faukultetlari tarkibidagi kafedralarda tashkil etilgan innovatsion guruhlar bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.

Undan tashqari, “Тa’lim, fan va ishlab chiqarish innovatsion hamkorlik Markazi”ning 2015-2016 o’quv yili bo’yicha tadbirlari rejasi Institut rahbariyati tomonidan tasdiqlangan bo’lib, barcha yo’nalislar bo’yicha chora-tadbirlar belgilangan tartibda fakultetlar va kafedralar bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, joriy o’quv yilida Institutda jami 25 ta kаfedra faoliyat olib boridi va ularning 15 tasi ixtisoslik kаfеdralardir. Institut turli xo’jalik yurituvchi subyektlar bilan innovatsion hamkorlik o’rnatgan bo’lib ularning soni 77 tani tashkil qiladi. O’z navbatida, institutda jami 15 tа innovatsion guruh tashkil etilgan.

Institutda tashkil qilingan innovatsion guruhlar o’zlarining strategik ilmiy mavzulari doirasida hamkor korxona va tashkilotlar bilan mavjud bo’lgan muammolar mavzularini aniqlab olganlar. Ushbu mavzular doirasida kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari mavzulari hamda

Toshkent moliya instituti “Ta’lim, fan ва ishlab chiqarish innovatsion hamkorlik mаrkazi”ning 2016-2017 o‘quv yilidagi faoliyati

Institutnig “Ta’lim, fan ва ishlab chiqarish innovatsion hamkorlik mаrkazi” tomonidan rejalashtirilgan va rejadan tashqari bir qator tadbirlar 2016-2017 o‘quv yilida amalga oshirildi.

Markaz har bir fakultet va kafedralardagi innovatsion guruhlar bilan uzluksiz va samarali faoliyat olib bormoqda. Kafedralar amaliyotdagi hamkorlar bilan birgalikda belgilab olgan muammoli mavzular bo‘yicha innovatsion faoliyatni davom ettirmoqda. Mavzular doirasida ilmiy ishlar olib borilib, ular kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari, dasturiy ta’minot hamda ishlanmalar shaklida professorlar, tadqiqotchilar va talabalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Natijada innovatsion faoliyatga bag‘ishlangan kitoblar, maqolalar hamda referatlar yozildi va bu jarayon davom etmoqda.

Institutning “Ta’lim, fan ва ishlab chiqarish innovatsion hamkorlik mаrkazi” tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmada jami 255 nafar talaba va 65 nafar professor-o‘qitivchilar va tadqiqotchilar o‘zlarining g‘oyalari va ishlanmalari bilan ishtirok etdi. G‘oliblar saralanib, “X-Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” hududiy ko‘rgazmada ishtorok etish uchun tavsiya etildi.

Joriy yilning 30 mart kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan “X-Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” hududiy ko‘rgazmasida Toshkent moliya instituti tomonidan 7 ta innovatsion ishlanma va o‘quv adabiyotlar ko‘rgazmaga qo‘yildi. Shundan 5 ta innovatsion ishlanma diplomlar bilan taqdirlandi.

2017 yilning 10-12 may kunlari Toshkent shahrida tashkil etilgan “X-Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” respublika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bunda TMIning innovatsion guruhi o‘zining g‘oyalari va ishlanmalari bilan ushbu ko‘rgazmada ishtirok etdi. Ishlanmalar ko‘rgazma ishtirokchilari tomonidan ijobiy baholandi. Natijada ushbu ishlanmalar tashkilotchilar tomonidan diplomlar bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, institutning kafedralari tomonidan turli korxonalar bilan jami 300,5 mln. so‘m miqdorida 59 ta shartnoma imzolandi.

Institutnig “Ta’lim, fan ва ishlab chiqarish innovatsion hamkorlik mаrkazi” tomonidan innovatsion jarayonlarga oid ishlarning hisoboti ham analitik ham umumlashgan shaklda tayyorlanib borilmoqda va institut nomidan yo‘qori tashkilotlarga jo‘natilmoqda.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…