Toshkent moliya institute huzuridagi moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti

Direktor

Xolmaxmadov Zamir Abduraxmonovich

Qabul vaqti: Har kuni: 09:00-16:00;


Direktor o`rinbosari

Jiyanov Bahriddin Ibragimovich

Qabul vaqti: Har kuni: 09:00-16:00; 

Toshkent moliya instituti huzuridagi moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti to‘g‘risida qisqacha ma’lumot

Tarmoqlararo institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 13 martdagi №91-f-sonli Farmoyishiga binoan tashkil qilingan.

O‘tgan 2016 yil davomida institutda kasb-hunar kollejlari pedagoglarini 3 ta, xususan, “Moliyachi”, “Bank ishi mutaxassisi” va “Soliq mutaxassisi” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha malakasi oshirish kurslari o‘tkazildi.

Bank tizimi mutaxassislarining malakasini oshirish 2 ta yo‘nalishda:

1.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan “2016 yilda bank xodimlari uchun o‘quv kurslar va seminarlarni o‘tkazish jadvaliga” asosan 6 ta

- “Banklarda buxgalteriya hisobi va audit”;

- “Moliyaviy va kredit tahlili”;

- “Banklarni soliqqa tortish va ularning hisobi”;

- “Banklarning valyuta operatsiyalari va ularning hisobi”;

- “Bazel III talablari asosida banklarning aktiv va passivlarini boshqarish”;

- “Bazel qo‘mitasining bank nazorati bo‘yicha yangi tavsiyalari. Bazel III. mavzularda amaliy o‘quv kurslari yuqori saviyada tashkil etildi.

2. Tarmoqlararo institut va tijorat banklari o‘zaro hamkorlikda

- “Valyuta ayirboshlar va konversiya operatsiyalari”;

- “Banklarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazoratni tashkil qilish yuzasidan milliy qonunchilik talablari va xalqaro standartlar;

- “Milliy va xorijiy valyutalarning haqqaniyligi va sifat darajasini baholash” kabi mavzulardagi o‘quv seminarlari ham o‘tkazildi.

Institut tarkibida kafedra va fakultetlar yo‘q, to‘liq shtatda institut ma'muriyati ishlaydi, ularning soni – 12 kishi.

Institutda 2016 yilda soatbay asosida jami 61 nafar professor-o‘qituvchilari va amaliyotchilar jalb qilindi. Shulardan 17 nafar professor-o‘qituvchilar kasb-hunar kollejlari pedagoglarini malakasini oshirish kurslariga va 44 nafar professor-o‘qituvchilari hamda yetuk amaliyotchilar bank tizimi mutaxassislarining malakasini oshirish kurslariga jalb etildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, hamda tijorat banklarining yetuk amaliyotchi-mutaxassislari, shuningdek Toshkent moliya instituti, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetlarining olimlari, professor-o‘qituvchilari hamda tijorat banklari faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan soliq maslahatchilari jalb etildi. Ushbu professor-o‘qituvchilaridan 7 nafari fan doktori, professorlar, 18 nafari fan nomzodi, dotsentlar va 28 nafari amaliyotdan yetuk mutaxassislar hamda 8 nafar katta o‘qituvchilar.

Institut o‘z faoliyatini Toshkent moliya institutining Olmazor tumani, Chimboy ko‘chasi, 2-uy manzilidagi binosida va Yunusobod tumani, A.Temur ko‘chasi, 60 A-uyda joylashgan “A” o‘quv binosining 3-qavati 318-319 o‘quv xonalarida olib bormoqda.

Institut rahbariyati:

  1. Direktor v.v.b. – Xolmaxmadov Zamir Abduraxmanovich ushbu lavozimda 2017 yil 03 yanvardan ishlaydi.
  2. O‘quv va uslubiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari-Jiyanov Bahriddin Ibragimovich, ushbu lavozimda 2011 yil 1 oktyabrdan ishlaydi.
  3. Bosh hisobchi – Davыdova Zulfira Marsovna, lavozimda 1992 yildan buyon ishlaydi.

 

Tarmoqlararo institutni 2017 yilda rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar REJASI

T/r Chora-tadbirlar Muddat  Mas’ul shaxs
 1. Ilmiy-tadqiqot ishlari (ITI) bo‘yicha
1. Ilmiy maqola va tezislar, darslik va monografiyalar, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etish Yil davomida Z.Xolmaxmadov, B.Jiyanov, X.Zunnunova Barcha soatbay professor-o‘qituvchilar
 2. O‘quv va o‘quv uslubiy ishlar (O‘UI) bo‘yicha
2. Tarmoqlararo institutida faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lmagan professor-o‘qituvchilar o‘rnigi oliy ta'lim tizimida malaka oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tgan, ilmiy salohiyatli kadrlar bilan to‘ldirish Bir oy  Z.Xolmaxmadov, B.Jiyanov
3. Toshkent moliya institutining Axborot-resurs markazida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari yunalishlari va modullari bo‘yicha ta'lim mazmunini ifodalovchi o‘quv-uslubiy majmualarning elektron ma'lumotlar bazasini yaratish va doimiy ravishda bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirib borish Bir oy Z.Xolmaxmadov, B.Jiyanov, X.Zunnunova, Soatbay o‘qituvchilar
4. Toshkent moliya institutining veb saytida tarmoklararo instituti tinglovchilarining mustaqil ta'limini masofadan turib qo‘llash imkoniyatini beruvchi dasturiy taminotdan foydalanib, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari yunalishlari va modullari bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualarning elektron ma'lumotlar bazasini joylashtirish Bir oy B.Jiyanov, X.Zunnunova, Soatbay o‘qituvchilar
5. Kurslardagi o‘quv mashg‘ulotlari sifatini doimiy nazoratini tashkil etish, professor-o‘qituvchilarning ochik darslarini muntazam o‘tkazilib borilishini ta'minlash Yil davomida  B.Jiyanov, Oquv va uslubiy bolim xodimlari
6. Ishchi o‘quv dasturlarni 2017 namunaviy dasturlarga mos ravishda takomillashtirish va belgilangan tartibda tasdiqlatish, malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayoniga tatbiq etish Bir oy  B.Jiyanov, Oquv va uslubiy bolim xodimlari
7. Tarmoqlararo institutida professor-o‘qituvchilarning darsga tayyorligi nazoratini takomillashtirish, tarqatma va ko‘rgazma materiallarni ko‘paytirish, dars tahlillarini ko‘paytirish, dars tahlillari samaradorligini oshirish Bir oy  Z.Xolmaxmadov, B.Jiyanov, X.Zunnunova
8. Guruh jurnallari yuritilishini har haftada kamida bir marta nazorat qilish, kamchiliklarni qayd etish Yil davomida  B.Jiyanov, Oquv va uslubiy bolim xodimlari
9. Institutda kutubxona fondini yaratish. II-chorak Z.Xolmaxmadov, B.Jiyanov, O‘quv va uslubiy bo‘lim xodimlari, Z.Davidova
10. Diplom va sertifikatlarni rasmiylashtirish tartibiga rioya qilgan holda, hisobini yuritishni nazoratga olish Yil davomida  B.Jiyanov, Oquv va uslubiy bolim xodimlari
11. Amaldagi Nizom talablari asosida tinglovchilar safidan chiqarilgan tinglovchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ularning ish joylariga yozma ma'lumot berish Yil davomida  B.Jiyanov, Oquv va uslubiy bolim xodimlari
12. Tinglovchilarning ko‘chma mashg‘ulotlarini moliya, bank muassasalari va soliq idoralari hamda yetakchi, namunaviy o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida samarali tashkil etilishi uchun zarur choralarni ko‘rish Har bir kursda Z.Xolmaxmadov, B.Jiyanov
13. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘quv jarayoni boshlanishida har bir tinglovchiga tegishli o‘quv metodik va me'yoriy-hukukiy hujjatlar, tarqatma va takdimot materiallarini elektron disklarga yozib tarqatilishini tashkil etish Har bir kursda  B.Jiyanov, Oquv va uslubiy bolim xodimlari
 3. Tashkiliy-infratuzilmaviy mexanizmni rivojlantirish bo‘yicha
14. Institut ichki me'yoriy hujjatlarini takomillashtirish Yil davomida  Z.Xolmaxmadov, B.Jiyanov, Barcha institut xodimlari
15. Malaka oshirish va qayta tayorlash jarayoni uchun ajratilgan kompyuterlarni internet tarmog‘iga ulash I-chorak  B.Jiyanov, Z.Davidova
16. Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha tarmoqlararo instituti va hududiy boshkarmalar o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnoma majburiyatlarini katiy bajarish  Z.Xolmaxmadov, B.Jiyanov, Z.Davidova
17. TMIning mutaxassislik kafedralari bilan hamkorlikda yangi amaliy o‘quv kurslarini ochish va amalga oshirish Yil davomida  Z.Xolmaxmadov, B.Jiyanov, Barcha soatbay professor-o‘qituvchilar
18. Institutning moddiy-texnika bazasini homiylar va o‘quv kurslarining mablag‘lari hisobiga mustahkamlash, xususan, o‘quv auditoriyalari va ma'muriy xonalarni zamonaviy kompyuter texnikalari hamda zarur mebellar bilan jihozlash choralarini ko‘rish Yil davomida  Z.Xolmaxmadov, B.Jiyanov, Barcha institut xodimlari
19. Institut Ustavini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish I chorakda  Z.Xolmaxmadov, B.Jiyanov, Z.Davidova
 4. Integratsiya va tashqi aloqalar bo‘yicha
20. Institutni Toshkent moliya instituti kafedralari bilan integratsiyasini ustuvor darajada amalga oshirish va bunda kafedralar ilmiy-pedagogik salohiyati, ishlanmalari va bazasidan samarali foydalanish Yil davomida Z.Xolmaxmadov, B.Jiyanov, O‘quv va uslubiy bo‘lim xodimlari
21. Tayanch kasb-hunar kollejlari bilan aloqalarini kuchaytirish Yil davomida Z.Xolmaxmadov, B.Jiyanov, O‘quv va uslubiy bo‘lim xodimlari
22. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti bilan hamkorlikda ishlash Yil davomida Z.Xolmaxmadov, B.Jiyanov, O‘quv va uslubiy bo‘lim xodimlari
23. Toshkent moliya institutining veb-sahifasida tarmoqlararo institut uchun alohida bo‘lim yaratish va muntazam ravishda yangilab borish Yil davomida B.Jiyanov, Oquv va uslubiy bolim xodimlari
24. 2017 yil hisoboti va 2018 yil rejasi tayyorlash 28.01.18 B.Jiyanov Z.Davidova

Izoh: Barcha ishlar institut direktori nazoratida amalga oshiriladi.


Tarmoqlararo institut faoliyatining 2016 yil natijalari

Tarmoqlararo institut tomonidan 2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi PQ-1761-sonli “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta'minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlash to‘g‘risida” gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi 25-sonli “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2012 yil 10 avgustdagi 242-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari rahbar va pedagogik kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2012 yil 26 sentyabrdagi 278-sonli “Oliy ta'lim muassasalari pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi Markazining 2015 yil 21 dekabrdagi 388-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashning 2016 yil reja ko‘rsatkichlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan “2016 yilda bank xodimlari uchun o‘quv kurslar va seminarlarni o‘tkazish jadvaliga” asosan malaka oshirish kurslarini tashkil qildi.

T/r Yo‘nalishlar Reja, kishi Haqiqatda, kishi Bajarildi, foizda
1 Kasb-hunar kollejlari pedagoglarining malakasini oshirish 261 243 94
2 Tijorat banklari xodimlarini malakasini oshirish (O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi rejasi asosida) 877 880 101
3 Tijorat banklari xodimlarini malakasini oshirish (tijorat banklari bilan hamkorlikda) 911 1147 125
Jami: 2049 2270 110

Institutda kasb-hunar kollejlari pedagoglari 3 ta yo‘nalishda va bank tizimi xodimlari 2 ta yo‘nalishda malakasi oshirildi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…