2-sonli talabalar turar joyi

Toshkent moliya institutiga qarashli 2-sonli talabalar turar joyi haqida ma’lumot

Toshkent moliya institutiga qarashli 2-sonli talabalar turar joyi Olmazor tumani, Chimboy ko‘chasi, 2-proyezdda joylashgan, 4-qavatli, 184 o‘ringa mo‘ljallangan, har qavatda 2 va 3 kishi yashashi mumkin bo‘lgan xonalari bor. Har bir qavatda dam olish xonalari, ovqatlanish xonalari, kir yuvish xonalari, yuvinish xonalari zamon talablari darajasida jihozlangan. Talabalarni sog‘lom va baquvvat bo‘lishlari va shug‘ullanishlari uchun sport zal turli xil sport anjomlari bilan jihozlangan. Talabalarni sog‘lig‘i uchun tibbiyot xonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Talaba-yoshlar yurtimizda va jahonda bo‘layotgan voqea hamda hodisalardan xabordor bo‘lishlari uchun 11 turdagi gazeta va jurnallarning oxirgi sonlari bilan ta’minlangan. Talabalar turar joyida kutubxona faoliyat yuritadi. Kechayu kunduz professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar tomonidan navbatchilik yo‘lga qo‘yilgan.

2-sonli talabalar turar joyi mudiri: G.Abdullayeva

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…