Xotin qizlar kengashi

 Kengash raisi: Azimbayeva Ra’noxon Yuldashevna

Qabul vaqti: Har kuni (09:00-16:00)

Telefon: (+998 71) 234-09-53

Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Xotin-qizlar kengashi institut xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotda to’laqonli ishtirok etishini ta’minlash, ularning ma’naviy intelektual saviyasini yuksaltirish borasida ish olib boradi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish va ularga yetarli sharoitlar yaratib berish, talaba qizlarni ma’naviy barkamol, g’oyaviy kurashchan millat va davlatning barqarorligi hamda taraqqiyoti yo’lida o’z kuchini ayamaydigan, milliy qadriyatlarni ulug’laydigan, ma’naviy tahdidlarga qarshi tura oladigan, o’zida fidoiylik va daxldorlik hissini mujassamlashtirgan insonlar qilib tarbiyalashda faol ishtirok etadi.

Kengash faoliyati

Institut Xotin-qizlar kengashi o’z faoliyaini 1991 yilda boshlagan. Kengashning eng asosiy vazifalari ayol professor-o’qituvchilar va talaba-qizlar orasida ma’naviy-marifiy ishlarni yanada takomillashtirish, talaba-qizlarning yashash sharoitini doimiy ravshda o’rganish, muammoli talaba-qizlar bilan tushuntirish ishlarini amalga oshirish, iqtidorli talaba-qizlarning turli tuman, shaxar va respublika ko’rik tanlovlarida ishtirokini ta’minlashdan iborat bo’lib kelgan. Turli nomdor stipeniyalar sohiblari orasida talaba-qizlar ko’pchlikni tashkil qiladi. Shu kungacha 50 ga yaqin talaba-qizlar Zulfiya nomli davlat mukofoti uchun tanlovda muvafaqiyatli  ishtirok etib keldilar.

 Xotin-qizlar kengashi 11 nafar ayol pedagog hodimlardan iborat, 6ta fakultet va magistratura bo’limida xotin-qizlar boshlang’ich tashkilotlari va ularning raislari mavjud. “Eng namunali xotin-qizlar tashkiloti ko’rik tanlovining shaxar bosqichida TMI xotin-qizlar kengashi 2-darajali diplom bilan taqdirlangan.

Institut qoshida tashkil etilgan “Orasta qizlar” to’garagi reja asosida o’z faoliyatini barcha fakultetlarda olib bormoqda, xozirgi kunga kelib  120 nafar talaba-qizlar ushbu to’garak faoliyatiga jalb qilingan.  

 Hozirda institut talaba-qizlar soni 950 nafar, shundan bakalavriyat talabalari 835 ta, magistratura bo’limida 110 ta, aspiranturada 5 nafar talaba-qizlar taxsil olmoqda. Shulardan 74 nafari 3 sonli talabalar turar joyida istiqomat qiladi. Kengash doimiy ravishda muhtoj talaba-qizlarni TTJga joylashtirishga yordam berib keladi. 

 Kengash o’z oldiga qo’ygan vazifalarni hal etishda tuman, shaxar va Respublika Xotin-qizlar qo’mitalari, tibbiyot muassasalari, jamoat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.      

 Kengashning ishi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlariga,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligining Nizom va boshqa normativ hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi.

 

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…