Toshkent moliya institutiga qarashli “ Moliyachi” oromgohi

 Toshkent moliya institutiga qarashli “Moliyachi” oromgohi Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumanining so`lim tog` yonbag`rida joylashgan bo`lib umumiy yer maydonining 21 gektarini tashkil etadi. “Moliyachi” oromgohiga kelib dam oluvchilar uchun 8 ta korpusda jami 220 nafar dam oluvchilar uchun alohida xonalar mebel va jihozlar bilan ta’minlangan hamda qulay shart-sharoitlar yaratilgan.

mo1

“Moliyachi” oromgohida 1 ta 220 o`rinli yozgi madaniyat saroyi, kitobxonlar uchun 30 o`rinli kutubxona, 1 ta ochiq futbol maydoni, 1 ta ochiq basketbol maydoni, 1 ta volleybol maydoni hamda 40 m2   maydonni tashkil etuvchi shaxmat va shashka klubi dam oluvchilar xizmatida. “Moliyachi” oromgohida katta va kichik 2 ta suv havzasi, 220 o`rinli oshxona, erkaklar va ayollar uchun zamonaviy ta’mirlangan yuvinish xonalari mavjud. “Moliyachi” oromgohining atrofi o`ralgan bo`lib, unda turli xil manzarali hamda mevali daraxtlar ekilgan. “Moliyachi” oromgohi hududida obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlari yil davomida olib boriladi.

mo2

“Moliyachi” oromgohida har yili 1 iyundan to 31 avgust kunigacha bo`lgan muddatda institutda faoliyat olib borayotgan pedagog-xodimlar, ishchi-xodimlar, talaba-yoshlar hamda ularning oila a’zolari va boshqa tashrif buyuruvchi furaqolar dam olib, xordiq chiqaradilar. “Moliyachi” oromgohiga tashrif buyuruvchilarning hordiq chiqarishlari uchun institut va “Moliyachi” oromgoh rahbariyati tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

 

“Moliyachi” oromgohi direktori A.Masadikov

Yozgi dam olish mavsumi rahbari G.Alistratov

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…