“XXI ASR – INTELLEKTUAL AVLOD ASRI” shiori ostida V respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Iste’dod” jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida

intelekt

2017 yil 12-13 yanvar kunlari Toshkent moliya institutida Yosh olimlar va talabalarning “XXI ASR – INTELLEKTUAL AVLOD ASRI” shiori ostida o‘tkazilayotgan V respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Konferensiyaning bosh maqsadi iqtidorli talabalar va iste’dodli yosh olimlarni kashf etish bilan birga, ular yaratayotgan ilmiy g‘oya va amaliytakliflarni fan-ta’lim tizimiga izchil tadbiq etishdan iborat. Chunki, yaqinda muhtaram Prezidentimiz mamlakatimiz akademiklari va oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan bo‘lgan uchrashuvda – bizning jadal rivojlanishimiz, shuningdek, jahon iqtisodiy integratsiyasida o‘z o‘rnimizni topishda ilm-fanning o‘rni beqiyos ekanligiga alohida urg‘u berib o‘tdi. Shu bois, konferensiyada Qoraqalpog‘iston Republikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 122 ta yosh olimlar, iqtidorli talabalar ishtirok etishi bilan birga, ular o‘z ilmiy maruzalar qilishadi.

Konferensiyada quyidagi sektsiyalar faoliyat olib boradi:

1-sektsiya: IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR.

2-sektsiya: TABIIY FANLAR.

3-sektsiya: ANIQ FANLAR.

4-sektsiya: TEXNIKA FANLARI.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…