“Kredit-iqtisod” fakulteti 1-kurs talabalari institut hayoti, institut axborot-resurs markazi (ARM) hamda uning tarkibidagi kutubxona va o`quv zallari bilan tanishtirildi

2017-yilning 9-sentyabr kuni Toshkent moliya instituti “Kredit-iqtisod” fakultetining 1-bosqich talabalariga fakultet dekani, dekan o`rinbosarlari, guruh rahbarlari va fakultetning faol talabalari ishtirokida institut bilan tanishtiruv uyushtirildi.

Mazkur tanishtiruv davomida talabalar “Harakatlar strategiyasi” xonasi, institut axborot-resusrs markazi (ARM) hamda uning tarkibidagi kutubxona, xalqaro kutubxona, o`quv zallari hamda sport majmuasiga tashrif buyurdilar.

Tashrif mobaynida talabalarga har bir ko`zdan kechirilgan joylar yuzasidan ma’lumotlar berib o`tildi. Talabalar o`z savollari bilan murojat etib, qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu tashrif 1-bosqich talabariga institut hayoti bilan tanishishda o`zining ijobiy hissasini qo`shgani talabalar tomonidan e’tirof etildi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…