“Pensiya ishi” kafedrasi tomonidan “Mutaxassislikka kirish” bo‘yicha ma’ruza tashkil etildi

2016-yil 9-sentyabr kuni “Pensiya ishi” kafedrasi tomonidan “Pensiya ishi” ta’lim yo‘nalishining 1-kursiga qabul qilingan talabalarga “Mutaxassislikka kirish” bo‘yicha ma’ruza darsi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori F.Muxamedov, O‘zbekiston Respublikasi  Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Chilonzor tumani bo‘limi boshlig‘i G.Muradova, “Byudjet hisobi va davlat jamg‘armalari” fakulteti dekani J.Karimqulov, “Pensiya ishi” kafedrasi mudiri B. Mamatov va kafedraning barcha pedagog-xodimlari ishtirok etishdi. 
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Chilonzor tumani bo‘limi boshlig‘i Muradova Gulnora Mirzaxmatovna so‘zga chiqib, “Pensiya ishi” ta’lim yo‘nalishining 1-kursiga qabul qilingan talabalarga byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining funksiyalari va vazifalari, tashkiliy tuzilishi, tarixi, tarkibiy bo‘linmalari faoliyati, o‘zaro aloqalari hamda istiqlol yillarida pensiya ta’minoti tizimida amalga oshirilgan islohotlar mazmuni bilan talabalarni yaqindan tanishtirib o‘tdi. 
“Mutaxassislikka kirish” bo‘yicha ma’ruza darsi yuzasidan bo‘lib o‘tgan mazmunli savol-javoblardan so‘ng talabalar tadbir tashabbuskorlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tishdi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…