Byudjet hisobi va davlat jamg‘armalari fakulteti BBI-71 guruhida “1-KURS MAKTABI” dasturi asosida bajarilgan vazifalar xususida

2017 yil 5 sentyabrdan 12 sentyabrgacha BBI-71 guruhi murabbiyi S.Yunusova talabalarga Toshkent moliya instituti, institut tarkibida mavjud Moliya-iqtisod, Kredit-iqtisod, Hisob va audit, Moliyaviy-menejment, Sug‘urta, Byudjet hisobi va davlat jamg‘armalari fakultetlari va ular qoshidagi kafedralar bilan tanishtirdi.

Talabalar bilan oliy o‘quv yurtlariaro sport majmuasiga tashrif buyurib, unda talabalarga sport majmuasi, uning faoliyati haqida tushunchalar berdi.
Guruh talabalari bilan Toshkent moliya institutining axborot resurs markaziga va uning tarkibidagi kutubxonasiga tashrif buyurib, o‘quv zallari bilan tanishtirdi, kutubxonaning qulayliklari, yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘zladi va talabalarga kutubxona ishchi hodimi tomonidan a’zo bo‘lish shartlari va kerakli hujjatlari haqida tushunchalar berildi.
Toshkentning markaziy maydoni bo‘lgan Mustakillik maydoniga sayohat uyushtirib, 1-kurs talabalariga Mustaqillik maydoni, uning boy tarixi haqida so‘zladi va talabalar bilan maydonning go‘zal manzarasidan bahramand bo‘ldilar.
Talabalar bilan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga ham tashrif buyurdilar. U yerda S. Yunusova, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi axborot va madaniy-ma’rifiy muassasa bo‘lib, kutubxonachilik, bibliografik, ilmiy tadqiqot, ilmiy-metodik va axborot faoliyatini olib borishi, Kutubxona fondi mazmunan universal milliy va xorijiy matbuotning noyob to‘plamligi haqida so‘zladi. Talabalar kutubxona bilan yaqindan tanishdilar va o‘z hohishlari bilan kutubxonaga a’zo bo‘ldilar.
Mazkur ishlar, mustaqillik yillarida yoshlar uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish, ularni o‘z kasbiga hurmat va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida amalga oshirildi.

BOG`LANISH

Toshkent Moliya Instituti

  • Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
  • Telefon: (8 371) 234-53-34
  • Faks: (8 371) 234-11-48
  • Email: admin@tfi.uz
  • Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
  • Jamoat transporti: 10,17,19,24,38,51,60,67,72,93,115,140
  • Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha

Hozir saytda

Hisoblagich

uz certified

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…