Joriy yilning 23-may kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov sayyor qabul oʻtkazish maqsadida Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif jarayonida dastlab Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyati va masʼul xodimlari Moliya institutining faoliyati, xususan muassasada tashkil etilgan “Digital finance” inkubatsiya va akseleratsiya Markazi bilan tanishdi.
Shundan soʻng institutining “Obi hayot” binosida sayyor qabul boshlandi. Mazkur uchrashuvda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, vazir oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova, institut rektori Toʻlqin Teshabayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Alimnazar Islamkulov, vazirlik boshqarma boshliqlari, institut professor-oʻqituvchilari, yosh-olimlari, doktorantlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida boʻlib oʻtdi. Unda ilmiy loyihalar tanlovlarida faol ishtirok etish, ilmiy loyihalar va startap loyihalarni moliyalashtirish, spin-off kompaniyalar tashkil etish, moliya sohasidagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimlariga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish, oʻquv darsliklarini yaratish masalalari muhokama etildi.
Ayni vaqtda Toshkent moliya instituti rektori T. Teshabayev boshchiligidagi institutimiz delegatsiyasi Qozon Federal universitetida taʼlim sohasida oʻzaro ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida boʻlib turibdi.
Amaliy tashrifning ilk kunida institutimiz vakillarini Qozon Federal universitetining Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Alishev T. B. va Boshqaruv, iqtisodiyot va moliya instituti direktori, prof. Bagautdinova N. G, kutib oldilar.
Mazkur uchrashuv davomida tomonlar oliygohlar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish boʻyicha muzokaralar olib borildi.
Maʼlumot uchun aytish kerakki,
Qozon Federal universiteti dunyoning nufuzli top-500 universitetlari reytingidan joy olgan.
Tashrif davom etmoqda...
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 4-mart kuni oliy oʻquv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan topshiriqqa muvofiq, Toshkent moliya institutida talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda ularni qoʻshimcha ish bilan taʼminlash boʻyicha manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
Institut tomonidan mazkur chora-tadbirlar asosida mart, aprel oylari davomida talabalar bilan ish beruvchi korxona va tashkilot vakillari uchrashuvlari tashkil etildi.
Oʻtkazilgan tadbirlar davomi sifatida joriy yilning 17-18-may kunlari Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri barcha tumanlari “Aholi bandligiga koʻmaklashish markaz” lari rahbar xodimlari va institut talabalari uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda ishga kirish istagini bildirgan talabalarga korxona va tashkilotlardagi moliya-iqtisod yoʻnalishlari boʻyicha 3500 yaqin boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Tadbirning birinchi kuni 200 nafar talabaga Toshkent shahri tumanlari “Aholi bandligiga koʻmaklashish markaz” lari tomonidan ishga yuborilganlik toʻgʻrisida yoʻllanmalar berilib, ishga joylashishiga amaliy yordam koʻrsatildi.
Joriy yilning 13-may kuni Toshkent moliya institutida “Erasmus+ opportunities for institutional cooperation” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Unda Toshkent moliya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor A. Islamkulov, Erasmus+ Milliy ofisi vakili G. Karlibayeva, Erasmus+ CBHE dasturi ishtirokchilari, professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchilar ishtirok etishdi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad – Toshkent moliya institutida ham xalqaro loyihalar, xususan, Erasmus+ dasturi doirasidagi loyihalarni koʻpaytirish, turli qoʻshma grantlarni ishlab chiqish, Erasmus+ dasturi uchun loyihalarni rasmiylashtirishni va professor-oʻqituvchilarni mazkur dastur doirasidagi loyihalarni ishlab chiqishlari uchun qoʻshimcha tushunchalar berish hisoblanadi.
Taʼkidlash joizki, mazkur seminar-trening amaliy natijalarga boy boʻldi. Xususan, Erasmus+ Milliy ofisi vakili G. Karlibayeva dastur doirasida umumiy tushunchalarni bergan boʻlsa, L.Muradova Jean Monnet "Erasmus Module on European Studies in Business, Economics and Finance" project, J. Karimov Impact of CBHE “ITEM: Innovative Teaching Education in Mathematics” project, A.Bobojonov Implementation of CBHE “HIEDTEC: Modernisation of higher education in Central Asia through new technologies” loyihalari va ularni tashkiliy masalalari haqida tinglovchilarga batafsil maʼlumotlarni taqdim etdilar.
Uchrashuv juda saviyali hamda amaliy tarzda boʻlib oʻtdi. Institut professor-oʻqituvchilari mutaxassislarga oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berishdi hamda yetarlicha javoblarni oldilar.